Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 271
Bugun: 23.4.2021
Soat: 11:14
Zamonaviy php tili yordamida veb sayt yaratish texnologiyalari elektron darslik taqdimoti
Muallif: Mengliyev Shoydullo
Qo`shilgan sana: 2016-03-18
Zamonaviy php tili yordamida veb sayt yaratish texnologiyalari elektron darslik taqdimoti
Men 17 mart kunlari Surxondaryo viloyati Jarqo`rgon tumanidagi Jarqurg`on axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji va Jarqurg`on qurilish va gidrotexnika kasb-hunar kollejida davra suhbati olib bordim bunda bugungi kunda Internet tarmogining imkoniyatlari sayt, saytlarni yaratish texnologiyasi. Ijobiy axborotlar orqali internetda axborot bazamizni kengaytirish bunda yoshlarning o`rni va ahamiyati haqida to`htaldim.
Yoshlarga electron darsligim yardamida sayt yaratish haqida to`htalib o`tdim bugungi kunda inavatsiyon g`oyalar va innovator tanlovlari haqida bilganlarimni so`zlab berdim.
Ertangi kunda yoshlar uchun 1 yilda emas balki har 3 oyda
Eng yaxshi o`quvchi veb sayti.
Eng yaxshi o`qituvchi veb sayti (Har bir sohani qamrab oladi).
Eng yaxshi jamoa veb sayti.
Ko`rik tanlovi o`tkazilishi haqida to`htaldim. Ko`rik tanlov adolatli o`tkaziladi va yoshlar davlatimiz tomonidan rag`batlantiriladi deb qiziqtirdim.
Yoshlarning qiziqtirgan savoliga javob berdim ha ko`zlari yonib turgan bilimli yoshlarimiz juda ko`p ularni yo`naltirib turishimiz kerak yo`l ko`rsatishimiz kerak.
Qilovini topsang qor ham yonadi deyishadi
buni shunday o`zgartiraman
Qilovini topsak qor-ku yonmaydi balki Qilovini topib qorni eritishimiz mumkin.
Bizning oliy maqsadimiz bor bu ham bo`lsa yurtboshimiz takidlaganidek: Biz g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berishimiz kerak.
Bugungi kunda internet tarmog`ida salbiy axborotlar eshikni yopib qo`ysak teshikdan kirib keladi. Shuning uchun Internetda biz ijobiy axborot bilan to`ldirishimiz kerak buning uchun yoshlar va o`qituvchilarning o`rni katta.
Rivojlangan mamlakatlarning talabi bitta internetda yo`qsan demak biz bilan birga emassan!
Biz Internetda rivojlanish bilan birga bo`lamiz va Internetda ijobiy axborot bilan yoshlar orqali bazamizni doimiy ravishda kengaytirib boramiz.
Men shunday hulosaga keldim agar yoshlar uchun ko`rik tanlovlar ko`paytirilsa Men electron darsligimni Viloyatlar bo`yicha yoki optik tolali kabel orqali php da sayt yaratish to`garagini boshlayman.
Masofadan optik tolali kabel orqali o`qitishini har kim ham men o`qitaman deya olmaydi lekin men o`qita olaman va yoshlarga sayt yaratishni o`rgataman deb yozayotibman shuning o`zi o`zim uchun jasorat deb o`ylayman men bunga tayyorman.
Men elektron darsligimni yoshlarga berib qaytdim va o`ylaymanki shu yoshlar orasidan O`zbekistonda sayt yaratib yoshlarimizga o`z bilganlarini o`rgatib boradi deb o`ylayman.
Tadbirdan lavhalar
2615 marta o`qildi.
![]() |
![]() |