linkedin facebook linkedin facebook nod32

Xakkerlik

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2018-01-19

Xakkerlik

Pinhoniy xavf kundalik turmushimizga kirib kelgan kompyuter texnologiyalari bugun hayotimizning muhim jihatlaridan biriga aylanishi bilan birga bizni o‘z yo‘rig‘iga ham boshlayapti. Hozir shaxsiy kompyuterga ega bo‘lmagan odam yo‘q hisobi. Ammo ular orasida asr mo‘jizasi imkoniyatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham topiladi. Shu bois, kompyuterlarga kirishni qulf(parol)lash va begonalardan asrashga ehtiyoj tug‘ildi. Qarangki, ehtiyotkorlik oshgani sari ularga qarshi xurujlarning turi ham ko‘pa­yib borayapti. Bu faoliyat keng jamoatchilik tomonidan xakkerlik deb yuritiladi. Hozir xakerlar puldor shaxslar, tashkilotlar, banklar va hatto davlatlar manfaati uchun ham jiddiy xavf tug‘dira boshladi. “Xakker” atamasi dastlab matematik masalalarni “aylanma yo‘llar” bilan hal qiluvchilarga nisbatan haqorat sifatida ishlatilgan. Xakkerlik tufayli kompyuter ishqibozlari obro’li va xavfli bo’lib kelmoqdalar.
Uning asoschisi mash­hur matematik Jon Nesh hisoblanadi.
Xakkerlar dast­avval mualliflik dasturlariga o‘z dasturlari bilan suqilib kirgan. Keyinchalik esa dastur qoidalarini o‘z manfaatlari uchun o‘zgartirishga «bel bog‘lashgan». Oqibatda dasturlar mualliflari va foydalanuvchilar o‘rtasida mojarolar va noroziliklar paydo bo‘ldi. Yillar o‘tib, «xakker» so‘zi tamoman o‘zgacha talqin qilina boshlandi. Endilikda bu atama kompyuterlarga zarar yetkazuvchi, ularga yashirincha kiradigan, viruslarni o‘rnatadigan, tarqatadigan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Binobarin, bugun xakerlik g‘araz maqsadli kimsalarning boshini qovushtirib, terroristik harakatlarni amalga oshirish, davlat sirlari va katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlashga qaratilgan.

1) 1972 - yilda 1- texnologik xakkelrik sodir etilgan. Hushtak chalish orqali tekin qo’ng’iroqlar qilina boshlandi. Buning uchun kishilar Cap’nCruch – bodrog’i qutisidan chiqadigan hushtakdan foydalanishardi. Hushtak tovushining chastotasi telefon kompaniyasining ichki avtorizatsiya tizimiga kirish imkoniyatini berardi.
2) Dunyoda Iyen Myorfi og‘ir jinoyat bilan ayblangan birinchi xaker sifatida ro‘yxatga olingan. U 1981 yilda AT&T kompaniyasi kompyuteriga yashirincha kirib, soatini o‘zgartirib qo‘yadi. Bu foydalanuvchilarga kunduz kuni tungi chegirmali tarif bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini bergan.
3) Kevin Mitnik bir vaqtlar qidiruvdagi “eng kerakli xakker” bo’lgan. U buzgan serverlarning kompaniyalari DEC, IBM, PACIFIC BELL. Prokurorlar Kevin Mitnik taksafondan hushtak chalib yadro qurolini ham ishga tushira olishiga ishonardilar.
4) Yana bir xaker Gerri Makkinnon tarixdagi eng kata harbiy xakkelikni amalga oshirgan. U 2001 va 2002 yillarda NASA, AQSH Armiyasi, Harbiy dengiz kuchlari, Harbiy Havo kuchlari shuningdek Mudofaa departamenti serverlariga tarmoq orqali yashirincha kirib, 800 ming dollarni tashkil etadigan o‘g‘irlikni amalga oshirgan. U NUJJ lar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanganini tekshirmoqchi bo’lganini aytgan.

5) AQSH tarixida eng uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan xakker Albert Gonsalesdir. U 200 million dollar qiymatidagi kredit va debit kartochkalarining raqamlarini o‘g‘irlagan. Jazo muddati 20 yil.
6) AQSH (xakkerlar tomonidan buzilgan) spam tarqatuvchi eng ko’p kompyuterlarga ega. Dunyo bo’yicha tarqatilgan spamlarning 13.1 % qismi AQSHdan tarqatiladi. Hindiston 7.3 % bilan 2-o’rinda. Braziliya esa 6.8 % bilan 3-o’rinda.
7) Xitoyda virtual xakkelik maktablari yiliga 40 milion dollar daromad ko’radi. Talabalar 100 dallar atrofida pul to’laydilar. Maktablar Google va AQSH hukumati saytlariga hujum qilganlikda aloqador deb kelinadi.
8) Dunyo bo’yicha xakkerlar 1 trillion dollar qiymatidagi intellectual mulkni o’zlashtirganliklari taxmin qilinadi. Har yili xakkerlik AQSHga 4 milliard dollarlik zarar keltiradi. Xitoyga esa 1 milliard dollar zarar keltiradi.
9) 2009 – yilda o’tkazilgan so’rovnoma natijasiga ko’ra kompaniyalarning 43 % qismi o’z sirlarini xakkerlarga boy bergan.
10) Kuniga har 3 ta kompaniyaning 1 tasi xakkerlik bilan yuzma – yuz keladi. Ushbu xakkerlik hujumlarining 17 % qismi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. AT mutaxassislarning 81 % qismi o’z dasturlarini zaif deb biladilar.
11) Har yili elektrostansiyalarga mimglab xakkerlik hujumlari uyushtiriladi. Xakkerlik terroristlik harakatlarini amalga oshirishga va pul o’g’irlashga urunadilar. Har yili millionlab mablag’lar o’g’irlanadi.
12) Mudofaa departamenti AQSHning Kiber tahdidlardan himoya qilish uchun yiliga 250 ta xakkerni yollaydilar.
13) 2009 – yilda pentagon kompyuter xavfsizligi uchun 6 milliard dollar sarflanadi. Kelasi 5 yilda ushbu ko’rsatgich yiliga 15 - 20 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
14) Facebook ijtimoiy tarmog’i eng ko’p xakkerlik hujumlari uyushtiriladigan saytlar ro’yxatiga kiradi. Xakkerlar telefon raqamlari, parol vax at yozishmalari kabi shaxsiy ma’lumotlarni ko’zlaydilar.
Bugungi kunda xakkerlikni yoqlovchi kuchlarning borligi ham hech kimga sir emas. Bu faoliyat ta'sirida ko‘plab katta kompaniyalar, hatto mamlakatlar zor qaqshab qolmoqda. Masalan, birgina Xitoy har yili xakerlik balosidan o‘rtacha hisobda 1 milliard AQSH dollari miqdorida zarar ko‘radi. Biroq bu mamlakatda virtual xakkerlik maktablarining faoliyat ko‘rsatayotgani, ularning yiliga 40million AQSH dollari atrofida daromad ko‘rayotgani tushunib bo‘lmas hol. Ayni paytgacha dunyo bo‘yicha xakkerlar taxminan 1 trillion dollar qiymatidagi intellektual mulkni o‘zlashtirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, xakkerlarga 43 foiz kompaniya va tashkilotlar o‘z sirlarini boy bergan. Har kuni dunyodagi har uch kompaniyaning biri xakkerlik bilan yuzma - yuz kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, xakkerlikka qarshi keskin choralar ko‘rilayotganiga qaramay, xavf hamon pasaymayapti.

1353 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений