linkedin facebook linkedin facebook nod32

Elektron darslik yordamida c++ dasturlash tilini o’rganish usuli

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2018-05-09

Elektron darslik yordamida c++ dasturlash tilini o’rganish usuli

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojjatnomasida yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etgani partiyamiz, qolaversa, biz – yoshlar uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Nega deganda, faol tadbirkorlik bugungi zamon tili bilan aytganda, tadbirkorlik faoliyatining yangi, zamonaviy va innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishi va yuritilishdir. Odatda, yangi fikr, yangi g‘oya va innovatsion yechimlarga ko‘proq yoshlar moyil bo‘lishadi. Shu ma’noda, yangi yilda biz yosh tadbirkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlashimiz va ularga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishimiz maqsadga muvofiqdir.

Shu bilan bir qatorda yangi texnalogiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish uning samaradorligini oshirish va takomilashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o‘zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga bilim saviyasini ham doimiy ravishda oshirib borishini davr talab etmoqda.
Mutaxassislar xulosasiga ko’ra bugun-erta oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo’ladigan bilimlarning 60% ni elektron darslik yordamida olinadi.
Eshitganimni yoddan chiqaraman, ko’rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib yetaman.
Ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.
Elektron darslik – bu davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida bo‘limlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi o‘quv dasturi, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami bo‘yicha video ishlanmalar, turli sxemalar, atlaslar, tajriba ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar, testlar va boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Rasmiy asnoda olib boriladigan elektron darslik bo‘yicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim. Elektron darslik mazmuni esa u taqdim etiladigan dasturiy muhitga nisbatan neytral bo‘lib, materialni joylashtirish, bayon qilish, muayyan konsepsiyalarga tayanish o‘quv adabiyotining muallifi ixtiyorida bo‘ladi.
Kompyuter teхnologiyasining kun sayin rivojlanib borishi bilan kompyuterda dasturlashga bo`lgan qiziqish ham toboro ortib bormoqda. Ayniqsa vizual dasturlash teхnologiyalaridan foydalanib dasturlar yaratish kompyuter teхnologiyasining rivojlanishiga katta ta`sir etmoqda. Yangidan yangi dasturlash vositalarining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy dastur tuzuvchilar uchun ham keng yo`l ochib bermoqda.
Qo`llanma to`qqizta bo`limdan iborat. Birinchi bo`limda algoritm, dasturlash til elementlari, standart funksiyalar va arifmetik ifodalarni algoritmik tilda yozishga doir misollar keltirilgan. Ikkinchi, uchunchi, to`rtinchi va beshinchi bo`limlarda C++ tilining asosiy operatorlariga qisqacha tushuntirish berilgan bo`lib har bir bo`lim uchun misol va masalalar keltirilgan. Oltinchi bo`limda massiv tushunchasi va ularga doir misollar berilgan. Ettinchi bo`limda rekursiya haqida ma`lumotlar keltirilgan, hamda misollar berilgan. Sakkizinchi va toqqizinchi bo`limlarda Borland C++ Builder dasturiy vositasi komponentalarida ishlash teхnologiyalari keltirilgan va misollar keltirilib ularni bajarish tartibi berilgan.
C++ tili universal algoritmik tillardan biri bo`lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. Oхirgi yillarda C++ tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Dasturchilarning ko`pchiligi shu tilda o`z dasturlarini yaratmoqdalar.
Qo`llanmada asosiy e`tibor dasturlar tuzish usullariga qaratilgan bo`lib, uning yordamida o`quvchi kompyuterda tez mustaqil holda dastur tuzish imkoniga ega bo`ladi va zamonaviy vizual dasturlash teхnologiyalari bilan tanishadi.

1. C++ DASTURLASH TILIDA IFODALARNI YOZISH
2. CHIZIQLI ALGORITM VA DASTUR TUZISH
3. TARMOQLANUVCHI ALGORITM VA DASTUR TUZISH
4. TAKRORLANUVCHI JARAYONLAR ALGORITMLAR VA DASTURINI TUZISH
5. QISM DASTURLAR TUZISH
6. MASSIVLAR USTIDA AMALLARN BAJARISH
7. RЕKURSIV FUNKSIYALAR
8. C++ GRAFIK IMKONIYATLARI
9. OBYEKTGA MO`LJALLANGAN DASTURLAS

6079 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений