linkedin facebook linkedin facebook nod32

Trubadagi suyuqliklar harakatini laminar holatga keltirish qurilmasi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2018-08-24

Trubadagi suyuqliklar harakatini laminar holatga keltirish qurilmasi

Foydali model ishlab chiqarishga taalluqli bo’lib, undan favvoralarni qo’rishda foydalanish mumkin. Taklif etilayotgan qurilma favvoralarni chiroyli ko’rinishga keltirish, turli ranglar bilan boyitish imkoniyatini beradi.

Bu qurilmaning kamchiligi chegaraviy qatlamda stilindrsimon trubaning chiqish qismida qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatida laminar oqimning turbulent oqimga aylanishi ko’pgina faktorlarga bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Ular orasida Reynolds sonidan tashqari, tashqi oqimda bosimning o’zgarishi, devor sirtining holati (uning silliqligi yoki notekisligi), chegaraviy qatlamdan tashqi oqimda qo’zg’alishlarning mavjudligini ko’rsatish mumkin.

Eksperimental tadqiqotlar natijasi chegaraviy qatlamida oqimning laminar va turbulent bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.

Ma’lumki, real hayotdagi suyuqlik oqimlarida ko’pincha laminar oqimlar harakatidan turbulent oqim harakatiga o’tish holati tajribalarda yaqqol kuzatilgan.

Real suyuqliklarning trubalar, kanallar va chegaraviy qatlamlardagi oqimlarida Reynolds sonining ortib borishi bilan laminar oqim formasining turbulent oqimga aylanishi kuzatilgan. Ushbu hodisa gidrodinamika sohasida fundamental ahamiyatga ega. Bunday o’tish dastlab kanallar va to’g’ri trubalardagi oqimlarni kuzatishda aniqlangan. O’zgarmas ko’ndalang kesimga ega bo’lgan silliq devorli to’g’ri trubada suyuqlikning har bir zarrachasi to’g’ri chiziqli traektoriya bo’ylab harakatlanadi. Yopishqoqlik mavjud bo’lganligi sababli, suyuqlikning devorga yaqin joylashgan zarrachalari uzoqda joylashgan zarrachalarga nisbatan sekin harakatlana boshlaydi. Oqim tartiblangan holda bir-biriga nisbatan siljuvchi laminar oqim (qatlamlar) sifatida harakatlanadi. Ammo, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, Reynolds sonining katta qiymatlarida oqim tartiblanmagan holatga kelib qoladi. Bu shuni ko’rsatadiki, turbulent oqimda truba o’qi bo’ylab harakatlanayotgan asosiy oqimga ko’ndalang harakat paydo bo’ladi, ya’ni truba o’qiga perpendikulyar bo’lgan harakat vujudga keladi.

Foydali modelning asosiy maqsadi qurilmaning ishchi organlari yordamida suv oqimlarini bir xilda laminar oqim ko’rinishda saqlab qolishdan iborat.

Foydali modelni chizmalar orqali tushuntirish mumkin, bu erda 1-rasmda qurilma va uning ishchi elementlari ko’rsatilgan, 2-rasmda qurilmaning ichki kesimi ko’rsatilgan, bunda 1-qurilmani o’tkir burchak ostida ushlab turuvchi tayanch oyoqlar va unga qurilma qattiq mahkamlangan, 2- truba shaklidagi korpus, 3-vertikaliga pastdan yuqoriga qarab o’rnatilgan kirish va chiqish teshikchalariga ega bo’lgan stilindrsimon qism, 4-kichik diametrli trubachalar, ular trubulent oqimni laminar oqimga aylantirishga hizmat qiladi va 5-oqimning tezligini pasaytirib kichik diametrli trubachalarga oqimni teng taqsimlashga hizmat qiluvchi taqsimlagich, 6-kichik diametrli trubachalarni tutib turuvchi to’r, u o’z navbatida oqimning tartibli harakatlanishiga hizmat qiladi.
Oqimni laminar ko’rinishga keltiruvchi qurilma quyidagicha ishlaydi: kirish qismi 3-dan oqim 5 ga yo’naltiriladi, bu oqimning tezligini pasaytiradi va kichik diametrli trubachalarga oqimni teng taqsimlab beradi, 4 dan kichik diametrli trubachalardan o’tayotgan oqim laminar ko’rinishga keladi va 3 chiqish teshikchasi orqali laminar ko’rinishda otilib chiqadi.

Bunda texnik natijalarga erishiladi, bu natijalar qurilmaning funkstional imkoniyatlarini kengaytiradi va takomillashtirishga hizmat qiladi. Laminar oqim suv tejamkorligiga olib keladi.

Foydalanish sohasi: ishlab chiqarishga taalluqli bo’lib, undan favvoralarni qo’rishda foydalanish mumkin.
Vazifasi: taklif etilayotgan qurilma favvoralarni chiroyli ko’rinishga keltirish, turli ranglar bilan boyitish imkoniyatini beradi.

1-rasm. Qurilmaning tashqi ko`rinishi

2-rasm. Qurilmaning ichki ko`rinishi

Foydali modelning mohiyati: qurilmada 1-qurilmani o’tkir burchak ostida ushlab turuvchi tayanch oyoqlar va unga qurilma qattiq mahkamlangan, 2- truba shaklidagi korpus, 3-vertikaliga pastdan yuqoriga qarab o’rnatilgan kirish va chiqish teshikchalariga ega bo’lgan stilindrsimon qism, 4-kichik diametrli trubachalar, ular trubulent oqimni laminar oqimga aylantirishga hizmat qiladi va 5-oqimning tezligini pasaytirib kichik diametrli trubachalarga oqimni teng taqsimlashga hizmat qiluvchi taqsimlagich, 6-kichik diametrli trubachalarni tutib turuvchi to’r, u o’z navbatida oqimning tartibli harakatlanishiga hizmat qiladi.

10176 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений