linkedin facebook linkedin facebook nod32

PHP7 DA MA’LUMOTLAR TIPLARI GET VA POST

Muallif: Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich

Qo`shilgan sana: 2020-03-29

PHP7 DA MA’LUMOTLAR TIPLARI GET VA POST

PHP tilida superglobal debataluvchi o‘zgaruvchilar ham ishlatiladi. Ular maxsus shakllantirilgan o‘zgaruvchilar bo‘lib, ixtiyoriy sahnada va ixtiyoriy joyda ularga global ravishda murojaat qilish mumkin.
GLOBALS – assotsiativ massiv bo‘lib, u konteksga mos va sahnaning ixtiyoriy sohasida hozirda aniqlangan barcha o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi.
SERVER ushbu massiv, xizmatchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular sarlavhalar, sahnaga berish va joylashish yo‘li bo‘lib, ular veb server tomonidan yaratiladi. Klient (mijoz) so‘rоvi veb-server tоmоnidаn tахlil qilinib, PHP server mаshinаgа uzаtilgаndаn so‘ng u so‘rоvgа tegishli mа’lumоtlаrni o‘z ichigа оlgаn vа bаjаrish dаvоmidа murоjааt qilish mumkin bo‘lgаn bir nechа o‘zgаruvchilаrni yarаtаdi.

GET – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular URL – parametrlar yordamida sahnaga beriluvchilardan iborat.

<html>
<head>
<meta http-equiv="Content-Type" content="text/html; charset=utf-8">
<title>PHP da get</title>
</head>
<body>
<form action="get.php" method="get">
<p>Familiyani kiriting:<input name="a" type="text"</p>
<p>Ismini kiriting:<input name="b" type="text"></p>
<p><input type="submit" value="Yuborish"></p>
</form>
</body>
</html>

So‘rоv sаtri $QUERY_STRING o‘zgаruvchidа sаqlаnаdi vа so‘rаlgаn URL dаgi "?" simvоldаn keyingi axborotdan ibоrаt. PHP da so‘rоv sаtri & simvоllаri bo‘yichа аlоhidа elementlаrgа аjrаtilаdi, vа har bir elementdа "=" belgisini qidirаdi. Аgаr "=" belgisi tоpilgаn bo‘lsа, tenglik chаp tоmоnidаgi simvоllаrdаn ibоrаt o‘zgаruvchini yarаtаdi. Quyidаgi fоrmаni ko‘rаmiz:

POST – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular sahnaga HTTP protocol orqali post metodi bilan uzatiladi.

<html>
<head>
<meta http-equiv="Content-Type" content="text/html; charset=utf-8">
<title>Php da POST</title>
</head>
<body>

<?php
$natija_a=$_POST['a'];
$natija_b=$_POST['b'];
echo "<h1>Familiya: $natija_a<br> Ismi: $natija_b</h1>";
?>

<form action="post.php" method="post">
<p>Familiyani kiriting:<input name="a" type="text"</p>
<p>Ismini kiriting:<input name="b" type="text"></p>
<p><input type="submit" value="Yuborish"></p>
</form>
</body>
</html>

o‘zgаruvchilаrning guruhi yarаtilib, interpretаtsiya qilinаdi vа $HTTP_POST_VARS mаssivgа jоylаshtirilаdi.
FILES – elementlarning assostiativ massivi bo‘lib, ular sahnaga HTTP protocol orqali POST metodi bilan yuklanadi.
COOKIE – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular foydalanuvchi kompyuteriga cookie fayllardan HTTP protokoli orqali sahnaga beriladi.
SESSION – bu assotsiativ massiv bo‘lib, u foydalanuvchi foydalanayotgan vaqtda (vaqt sessiyasida) veb saytdagi har bir sahnaga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
REQUEST – assotsiativ massiv bo‘lib, ular ushbu tipdagi o‘zgaruvchini GET va POST larni so‘zsiz o‘zida saqlaydi.

MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLARI

Masala 1. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 2. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 3. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 4. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 5. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida chiqaring.
Masala 6. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 7. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 8. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 9. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini get va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 10. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 11. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 12. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 13. PHP da O‘zbekinton Respublikasi madhiyasining birinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 14. PHP da Respublikamiz madhiyasining ikkinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 15. PHP da Respublikamiz madhiyasining uchinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 16. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 17. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 18. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 19. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida o‘rtasiga chizish orqali chiqaring.
Masala 20. PHP da ax+bx+c=0 ifodani kiriting post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.

463 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений