linkedin facebook linkedin facebook nod32

PC Card shinasi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-15

PC Card shinasi 16-razryadli ma’lumot uzatish 32-razryadli platalar

PC Card – bu shaxsiy kompyuter uchun xotira platalarni ishlab chiqaruvchi xalqaro assotsiatsiyalar standartidir (Personal Computer Memory Card International Asso­ciation — PCMCIA). U kredit kartochka kattaligidagi yechiladigan qurilma bo‘lib, portativ va stol kompyuterlarda ishlash uchun mo‘ljallangan. Ilk bor ushbu standart yuzaga kelganda, foydalanuvchilar murakkab nom-abbreviaturani, ya’ni PCMCIAni eslab qolishlari lozim edi. 1995-yildan boshlab PCMCIA standartdan foydalanuvchi platalar PC Card deb nomlana boshlandi.
PC Card shinasi PCI shinasida asoslangan. Unga ulanadigan platalar esa xotira, qattiq disklar, modemlar, tarmoq adapterlar, tovushli platalar, SCSI va Fire Wire adapterlar, kirish va chiqish platalar va h.k.lar sifatida foydalanish mumkin. PC Card spetsifikatsiyalarning kelajakdagi tasniflari videoadapterlar, shuningdek, protsessorlardan modernizatsiya uchun foydalanishga imkon beradi. PC Card shinaning ayrim xarakteristikalari 1.1 jadvalda keltirilgan.

Jadval 1.1. PC Card standartlari

Shina

Shinalar chastotasi (МGts)

Shinalar razryadi (bitlar)

1 taktda uzatiladigan ma’lumotlar blokning soni (Mbayt/s)

O‘tkazuvchanligi

PC Card

10

16

20

 

Card Bus

22

16

133

 

PC Card shinasi aksariyat hollarda stol shaxsiy kompyuterlarda ishlatilmaydi, ammo ko‘pincha portativ kompyuterlarda modemlarni, tarmoq adapterlarni va ma’lumotlarni saqlash qurilmalarni ulash uchun foydalaniladi. Shuni aytib o‘tish joizki, so‘ngi yillarda PC Card shinasi ommabop bo‘lib kelayotgan USB shinasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelyapti.
Birinchi PC Card standarti 16-razryadli ma’lumot uzatish interfeysi bilan kifoyalangan edi. Yangi Card Bus standarti 32-razryadli interfeysni qo‘llaydi va 16-razryadli PC Card shinasidan 5-6 marotaba tezkor bo‘lgan, tezkor ichki shinasi avzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. 2001 yilda Card Bus srandarti qabul qilingan bo‘lib, eski PC Cardning ulanish joyiga (raz’yo‘miga) USB 2.0 qurilmani ulashga imkon beradi.
Card Bus ulanish joyiga 16-razryadli PC Card qurilmasini biriktirish mumkin, ammo faqatgina 32-razryadli platalar Card Bus tezkor shinalar imkon beradigan avzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Undan tashqari, Card Bus qurilmasi 3.3 V kuchlanishni iste’mol qiladi (PC Card qurilmasi 5 V kuchlanishni iste’mol qiladi), shunday ekan, kuchlanish manbasiga talabni kamaytiradi va qizib ketmaydi.
Shinaga ulanish uchun PC Card va Card Bus qurilmalari 68-kontaktli interfeysdan foydalanadilar. Ammo Card Bus qurilmalardagi maxsus chiqiq PC Cardning 16-razryadli interfeysiga ulanishning oldini oladi.
PC Card ulanish joyini 4 turi mavjud bo‘lib, ular ulanish joyilarga o‘rnatiladigan kartalarning qalinligi bilan farqlanadi. Ushbu farqlanish Card Bus qurilmalari uchun ham xarakterlidir. ( Platani sotib olishdan oldin hisoblash PC Card qurilmasining imkoniyatlarini tekshirib oling. Type III uyasi Type II va Type I platalardan, Type II uyasi esa Type I platalardan foydalanish imkonini berishi lozim.)
PC Card va Card Bus interfeyslari tomonidan qo‘llanadigan ajoyib vazifalardan biri “tezkor” (горячая) almashtirishdir. Nazariy jihatdan ushbu ish, ma’lumotlarni yo‘qotmagan, shuningdek, butun boshli tizim yoki plataning shikastlanishiga olib kelmagan holda ishlab turuvchi shaxsiy kompyuterdan platani chiqarish va joyiga joylashtirish imkonini beradi. Shunga qaramay, ayrim operatsion tizimlarning ilova va talqinlari plataning qo‘yilishi va joyidan olinishini korrekt payqay olmaydilar, shuning uchun ushbu vazifani birinchi marta bajarayotganingizda albatta ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlang.
Agar siz o‘zingizning stol kompyuteringizdagi PC Card platada saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, maxsus adapterlarning biridan foydalanishingiz zarur. USB portiga biriktirilgan, PC Card platalaridan ma’lumotlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma eng sodda deb hisoblanadi. Shuningdek, parallel portga ulanuvchi maxsus qurilmalar ham mavjud. Shu bilan birga, “o‘zgarmas yechimlar” mavjud, masalan, ichki shinaga ulanadigan ichki qurilmalar. 1. rasmda bunday yechimlardan biri ko‘rsatilgan.

 

1.rasm. Bu disk yurutuvchi bo‘lmalarining birida joylashgan, PC Card platalardan yoki SCM Microsystems kompaniyasining disketalaridan ma’lumotlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan to‘plagich.

2343 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений