linkedin facebook linkedin facebook nod32

Qattiq diskdagi o’zgarishlar Qattiq diskdagi spetsifikatsiyasi va birlamchi modifikatsiyasi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-15

Small Computer System Interface Qattiq diskdagi o’zgarishlar Qattiq diskdagi spetsifikatsiyasi va birlamchi modifikatsiyasi


Ko‘pgina shahsiy kompyuterlarda, ma’lumot uzatishning yuqori tezligini amalga oshirishida, SCSI interfeysli qattiq disklar ishlatiladi (Small Computer System Interface – kichik kompyuter tizimlar interfeysi). Ushbu interfeys tez ta’sir qiluvchi parallel nimtizimlar razryadiga kiradi.
Ushbu standart anchadan beri mavjud bo‘lib, ommabobdir. Ilk bor, u minikompyuter va Apple Macintosh kompyuterlari uchun interfeys sifatida maydonga keldi, so‘ngra esa shahsiy kompyuter uchun talqini yuzaga keldi. O‘sha davrda SCSI spetsifikatsiyasining (shuningdek, uning tezkor variantlari SCSI-2, SCSI-3 va h.k.) farqlovchi jihatlaridan biri ma’lumotlarni almashtirish tezligining yuqoriligi, hamda o‘z ichiga 15 ichki va tashqi qurilmalarni qamrovchi zanjirni hosil qilishi bo‘lgan. SCSI nazoratchilari nazariy jihatdan faqatgina qattiq disklar va boshqa nazoratchilar bilan emas, balki kompakt disklarni o‘qiydigan qurilmalar bilan ham ishlashi mumkin. Ammo shuni esda tutish lozimki: SCSI interfeysning ko‘plab turli, shu jumladan patentlangan talqinlari mavjud bo‘lib, ularning orasida faqat ma’lum bir turdagi qurilmalar bilan ishlaydiganlari bor. Shunday ekan, sizning kompyuteringizdagi ulanish lozim bo‘lgan barcha tashqi qurilmalarni SCSI nazoratchi bilan mos tushishini tekshirish kerak.
Quyi sathli formatlash jarayonida qattiq disklardagi farqlar namoyon bo‘la boshlaydi. Qattiq disklar bilan birga beriladigan maxsus dastur ushbu jarayonni amalga oshiradi. Shunday ekan, ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning ushbu utilitlar talqinlari mavjud bo‘lib, ular bir birlaridan farqlanadi.
SCSI interfeysi (“skazi” deb talaffuz qilinadi) ESDI maydonga kelgan davrda yaratilgan. IDE standarti bilan birga ular qattiq disklar va nazoratchilar uchun so‘ngi yangi spetsifikatsiya hisoblangan. Yangi spetsifikatsiyaning mohiyati qattiq disklar elektronikasining imkoniyatlarini kengaytirish asosida disk ishi uchun javobgarlikni kompyuterdan qattiq diskning o‘ziga yuklashdan iborat edi. Bu esa, o‘z navbatida qurilma ishining umumiy tezligini oshirishga, hamda turli tizimlarning mos kela olishini yaxshilashga olib keladi.
Shinalar ulanish joyiga platalarni joylashtirishni amalga oshiruvchi interfeyslardan farqli o‘laroq SCSI interfeysi yuqori sath interfeysi hisoblanadi. Bu esa SCSI interfeysdan foydalangan holda, kompyuterga turli qurilmalarni, masalan, skanerlar va CD-ROM privodlarni ulashga imkon beradi. SCSI nazoratchi ulangan kompyuter, taxminan, 100-250 $ga qimmat tushadi, ushbu standartdagi qattiq disklar esa analogik harakteristikaga ega EIDI qattiq disklaridan 50-100$ qimmat turadilar.
Ushbu spetsifikatsiya SCSI interfeysning talqiniga qarab, bir nazoratchiga 15gacha turli qurilmalarni ulash imkoniga ega. Undan tashqari, yana bir SCSI nazoratchini ulab, qurilmalar sonini ikki baravariga oshirish mumkin. Yuqorida qayd qilingandek, SCSI standarti mavjud tashqi qurilmalar, CD-ROM privodlari, skanerlar, magnit lentalardagi to‘plagichlar va boshqa qurilmalar bilan mos tushadi. Barcha qurilmalar uzviy ketma-ketlikni hosil qilib, faqatgina tizim blokining ichida emas, balki kompyuterning yonida joylashish mumkin.
SCSIning birlamchi spetsifikatsiyasida uzatish maksimal tezligi 5 Mbayt/s. bo‘lib, u 8-razryadli ma’lumotlar shinasidan foydalanib 7tacha qurilmani ta’minlagan. Ushbu 7tadan bittasi nazoratchi edi. Keyingisi SCSI-2 standarti (Fast SCSI sifatida taniqli) bo‘lib, uning uzatish tezligi 10 Mbayt/s. va u 8-razryadli shinadan foydalangan. So‘ngra esa Fast-Wide SCSI maydonga kelgan, u 16-baytli shinadan foydalanib, 20 Mbayt/s. tezligiga ega edi. SCSIning keyingi talqinlari 15gacha qurilmani ulash imkoniga ega va ko‘pincha 7 tartib raqami ostida o‘zi –SCSI nazoratchisi bo‘ladi.
SCSI-3 standartning yangi talqini Ultra SCSI (yoki Fast 20) rejimini qollab-quvvatlab, ma’lumotlarni uzatish tezligi ikki marotaba oshirishini ta’minlaydi: 8-razryadli shinasi 20 Mbayt/s. va 16-razryadli shinasi 40 Mbayt/s.gacha. Ultra-Wide SCSI ikki kanalli interfeys esa – 80 Mbayt/s. tezligida ma’lumotlarni uzatish kuchiga ega. Shuni aytib o‘tish joizki, SCSI-3 spetsifikatsiyasi ma’lum bir ta’rifga ega emas, chunki bugungi kunda uning turli xil talqinlari mavjud bo‘lib ular bir birlaridan farqlanadilar. Shunday qilib, SCSI-3 spetsifikatsiyning minimal asosiy talablariga javob beradigan interfeys, foydalanuvchilar tasavvurida SCSI-3 interfeysga mos tushmasligi mumkin. Yangi interfeyslar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, SCSI standartining yangi tezkor talqinlariga Ultra so‘zini qo‘shishdi, chunki SCSI-3 spetsifikatsiyasining birlamchi modifikatsiyasi kerak bo‘lmagan talablar majmuasiga ega. Shunday ekan turli xil kompaniyalarda ishlab chiqilgan SCSI-3 standartning o‘xshashliklaridan ko‘ra, farqli jihatlari ko‘p bo‘lgani uchun, ularning mosliklari to‘g‘risida muammo tug‘ilishi mumkin. 2.1 jadvalda SCSI-3 standartning asosiy xarakteristikalari keltirilgan.

Jadval 2.1. SCSI standartlari.

Standart

Keng tarqalgan nomi

Shina kengligi {razryadlar}

Shina chastotasi (МГц)

Ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligi (Мbayt/s.)

SCSI

SCSI

8

5

5

SCSI-2

Fast SCSI

8

10

10

SCSI-2

Wide SCS!

16

5

10

SCSI-2

Fast-Wide SCSI

16

10

20

SCSI-3

Ultra SCSI

8

20

20

SCSI-3

Ultra-Wide SCSI

16

20

40

SCSI-3

Ultra2 SCSI

8

40

40

SCSI-3

Ultra2-Wide SCSI

16

40

80

SCSI-3

UltraS SCSI

32/64

40

160

 

 

 

 

 

****
UltraS SCSI va Ultra4 SCSI standartlarining har bir taktda ikki barobar ko‘p ma’lumot yuborish kuchiga ega, ya’ni samarador chastotasi 80 MGtsgacha o‘sadi.
Bugungi kun holatidan kelib chiqib, ayrim ishlab chiqaruvchilar yangi SCSI standartini ishlab chiqib uni Ultra 160 SCSI deb nomlashdi. Uning imkoniyatlariga nazar tashlasak, u SCSI-3 standartlariga o‘xshash, ammo uning afzalligi spetsifikatsiyalar majmui aniq qo‘yilganligi va o‘zgarmasligidadir. Ultra 160 SCSIning uzatish tezligi xuddi SCSI-3niki kabi 160 Mbayt/s.ni tashkil qiladi. Adaptes kompaniyasi boshlangich sathdan to yuqori yechimlari sathgacha bo‘lgan serverlar uchun (www.adaptes.com) Ultra160 SCSI standartdagi nazoratchilarning ko‘plab modellarini ishlab chiqdi. Nazoratchilar 32 va 64-razryadli PCI platalar (mo‘ljallanishiga qarab) bo‘lib, 30tagacha qurilmani qamrab oladi. Yuqori sathdagi SCSI-adapterlar kabi, ushbu qurilmalar qattiq disklar va SCSI interfeysning boshlangich talqinli qurilmalardan foydalanishga imkon beradi. Adaptes kompaniyasining mutaxassislari fikricha, SCSI interfeysning talqinidan qat’iy nazar, ularning ishlab chiqargan Speed Flex texnologiyalari zanjirdagi SCSIni barcha qurilmalarning ish samaradorligini maksimal ta’minlaydi. Shuni eslatib o‘tish joizki, turli xil ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan bir shina miq’yosida foydalanganda ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Bunday talqin va standartlarning aralashuvi qurilmalarda cheklangan tezlikka olib kellishi mumkin. U holda sekin ishlovchi qurilmalardan farq qolmaydi. Agarda imkoniyat bo‘lsa, turli talqinlardan foydalanib, asbob-uskunaning optimal tarkibiy tuzilmasini toping.
2001yildan boshlab ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Ultra4 SCSIni yangi standarti ustida ish olib bormoqdalar (Ultra320 SCSI nomi ostida taniqli). Uning ma’lumotlar uzatish tezligi – 320 Mbayt/s.ni tashqil qiladi.
Barcha SCSI qurilmalarning umumiy xususiyatlaridan biri, ularning to‘liq qayta mos tushishdadir, yani tezkor qurilmalarning eski nazoratchilarga ulangan holda ishlashi (kichik tezlikda), yangi adapterlar eskirgan qurilmalarning ishini normal ta’minlaydi.
Eng so‘ngi SCSI standarti talqinlari haqidagi to‘liq ma’lumotni SCSI Trade Organization tashkilotining Web-bog‘lamasida topish mumkin (www.scsita.org).

2085 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений