linkedin facebook linkedin facebook nod32

SCSI interfeysning kamchiliklari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-15

SCSI interfeysning kamchiliklari.

SCSI standarti tarkibiy tuzilmaning murakkabligi bilan bog‘lik ayrim tamoyilliy cheklovga ega. SCSI interfeysdan foydalanishda har bir operatsion tizim uchun drayver qurilmalar zarur, shuningdek, joylashtirilgan qurilmaning har bir kombinatsiyasi uchun ham. Undan tashqari, SCSI nimtizimining umumiy unumliligi “qurilma/interfeys” kombinatsiyasiga bog‘likdir. Natijada ayrim hollarda SCSI qurilmasi kombinatsiyasi ma’lumotlarni uzatish tezligi IDE-qurilmalar tezligidan past bo‘ladi.
SCSI qurilmaning har biri o‘z aynanlash (identifikatsiya) raqamiga ega bo‘lishi kerak, shu bilan birga, SCSI zanjirining oxirida joylashgan qurilma maxsus holda o‘rnatiladi (peremichkalar yerdamida yeki maxsus raz’yemni o‘rnatishda) va tamomlangan deb nomlanadi.
Va oxirgi, xursand qilmaydigan yangilik: ishlab chiqaruvchilar uchun SCSI standart qurilmalari IDE interfeysga nisbatan qimmatga tushadi. Bu qo‘shimcha mantiqiy sxemalarning mavjudligi bilan bog‘lik, chunki ular nazoratchi va SCSI qurilmalar ishi uchun zarurdir.
Windows 95/98 uchun ishlab chiqilgan Plug-and-Play standart tizimining paydo bo‘lishi, tarkibiy tuzilma bilan bog‘lik bo‘lgan muammolarni o‘z o‘zidan bartaraf etadi. Plug-and-Play texnologiyasi yordamida operatsion tizim o‘zi (eski yoki yangi) qurilmalarni aniqlab ularning ishi uchun parametrlarni moslashtiradi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun SCSI kabellarni kerakli ulanish joylarga ulash muammo bo‘ladi. Shaxsiy kompyuter uchun to‘rtta turdagi ulanish joylar mavjud bo‘lib, qoshimcha yana Apple va boshqa tizimlar uchun bir necha turdagi ulanish joylar bo‘ladi. 8-razryadli SCSI interfeysning asl spetsifikatsiyaga binoan standart, 50-kontaktli Centronics ulanish joyi ishlatiladi, uni boshqalardan ulanish joyida kabelni ushlab turuvchi simli qulflari farqlaydi.
SCSI-2ni maydonga kelishi bilan kabellarda yuqori zichlikli 50-kontaktli ulanish joylardan foydalanila boshlandi.
Boshqa keng tarkalgan kabel mahkamlash variantlaridan biri - SCSIning 68-kontaktli yuqori zichlikdagi ulanish joyi hisoblanadi. Undagi qoshimcha kontaktlar 16-32-razryadli ma’lumot uzatishni ta’minlashda ishlatiladi. Shunday ulanish joylar bilan ko‘pincha zamonaviy qurilmalar jihozlanadi.
SCSIning 80-kontaktli ulanish joylarini ishlatadigan va bir vaqtning o‘zida ma’lumot uzatish va oziqlantirish (elektr ta’mirlash) uchun javob beradigan qurilmalar ham uchraydi. Bunday turdagi ulanish joylar SCA ulanish joylari deb nomlanadi.
Har doim, hohlagan kabeldan foydalanilgan holda, zarur qurilmaga ulanish zaruriyatini beruvchi o‘tkizichni (переходник) topish mumkin.

1451 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений