linkedin facebook linkedin facebook nod32

SCSI standart adapter va boshqa qurilmalarini

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-16

SCSI standartining adapter va boshqa qurilmalarini
test yo‘rdamida tekshirish.

Birinchi SCSI adapterlar 7 tagacha qurilmalarni ulashini ruhsat berar edi. SCSI-2 standartlariga muvofiq qurilmalar soni 15taga yetgan edi, Ultra 160 SCSI ko‘ra esa uning soni 30ga yetdi. Tashqi qurilmalarni ulash uchun ko‘p hollarda qalinligi 50-tomirli kabellar, ichki qurilmalarni adapter bilan ulash uchun esa yassi lentasimon kabellar ishlatiladi.
Har bir SCSI qurilmasi ikki portga ega. Birinchi port kiruvchi signallar uchun, ikkinchi esa uzluksiz ketma-ketlikdagi qurilmaga kiruvchi/ chiquvchi kabelni ulash uchun ishlatiladi.
SCSI interfeysning o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu zanjir qayerda tamom bo‘lishi haqidagi ma’lumotni o‘chuvchi signal yordamida adapterga etkazadigan tamomiy qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishidir. Ayrim qurilmalarda yoqib-ochiruvchilar yo‘ki tamomiy moslama terminatorining vazifasini faollashtirish uchun ulashish (peremichka)lar bo‘lishi kerak.
Agarda adapter zanjirning oxirida joylashgan bo‘lib, unga faqatgina bitta kabel ulansa, u holda adapterning o‘zi tamomiy moslamani rolini oynaydi. Shuni aytish joizki adapter zanjirning o‘rtasida ham joylashishi mumkin. Bunday holda ikkala chekada joylashgan mosloamalar terminator bo‘ladi.
SCSI qurilmalari o‘zi tasxis qo‘yshi, o‘z ishini tekshirishi va xatolar haqida ma’lumot berishi mumkin. Buning uchun ANSI (American national Standarts Institute) AQShning Milliy Standartizatsiya Instituti tomonidan tasdiqlangan xabarlar majmui ishlatiladi. (ANSI) Bu albatta yaxshi yangilik. Uncha quvontirmaydigan yangiliklardan biri esa, xabarlarning hamma kodlari standartlangan, bunda biz ma’lum bir “erkinlik”ni ko‘rishimiz mumkin, xuddi SCSI spetsifikatsiyasining ta’rifidek.
SCSI-adapter bilan komplektda berilgan foydalanuvchining yo‘riknomasida, ushbu model ishlatadigan xatolar kodlarini to‘liq ro‘yxatini topish mumkin.
Agarda sizning kompyuteringiz zamonaviy standartlarga javob bersa, u holda BIOS sozlashida tizimda SCSI qattiq disk qo‘yilganligi ko‘rsatilmagan bo‘lishi kerak. BIOS Setup dasurini ishlatib aytilganlarni tekshirib ko‘ring. Yo‘mon ekranlangan kabel uzatilayotgan ma’lumotlarning ishkastiga sabab bo‘lishi mumkin, hamda SCSI diskidan kompyuterning yuklanishiga ham salbiy ta’sir qiladi.
Agar SCSI diski axborotni o‘qimasa yo‘ki yo‘zib olmasa, uning tizimda to‘g‘ri joylashganini tekshirishi lozim, yaniqsa agarda siz, muammo paydo bo‘lishidan oldin, kompyuterni ochib uni ichini kovlashtirgan bo‘lsangiz. Qaysidir kabel o‘z joyiga ulanmagandir. Agar tizimda yangi qurilma qo‘yilgan bo‘lsa, albatta SCSI manzili boshqa manzilga to‘g‘ri kelmaganligini tekshirib ko‘ring.
Agarda SCSI diskni o‘qish va yo‘zish bilan muammo bo‘lmasa, lekin operatsion tizim yuklanmasa, birinchi navbatda DOS standart vositalarini ishlatib ko‘rish kerak. Avvalo quydagi savolga javob bering: Diskda Command.com fayli va DOS yashirin fayllari ishkastlanmagan nusxasi mavjudmi? Agar disk bir necha bo‘linmalardan iborat bo‘lsa, yuklanish faol bo‘limda bo‘lyapdimi? Umuman olganda bo‘limlardan birini faol qilish sizning esingizdan chiqmadimi?

SCSI adapteri platasini qo‘yish.

SCSI adapterlar asosan kompyuter shinasiga ulanadi. Ayrim tizimli platalarda ham ichiga o‘rnatilgan SCSI interfeyslari bo‘ladi. SCSI adapter platasini qo‘yishdan oldin oldingi qo‘yilgan adapterni olib tashlash kerak. Agarda tizimli plata o‘z SCSI interfeysi bilan jihozlangan bo‘lsa, ichki o‘rnatilgan interfeysni o‘chirish yoki qo‘shimcha adapterni normal ishi uchun maxsus sozlashlarni yuklash kerakligini foydalanuvchi yo‘riknomasidan aniqlang.

SCSI adapterning tizimdan chiqarish.

Agar ishlamaydigan SCSI adapterni tizimdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, ishni kabeldan boshlang. SCSI adapterlarni o‘chirishdan oldin, elimli lenta yoki marker bilan kabelni belgilash lozim, nabodo ularni joyga qo‘yish kerak bo‘lsa, kiynalmaslik uchun. Shuningdek, ikki o‘tkazgichli kabelni belgilash va o‘chirish esingizdan chiqmasin. U tizimli blokning oldingi panelida joylashgan signal lampochkaga javob beradi. Bunday lampochka ko‘p modellarda uchraydi. Adapterning yangi platasini qurilmaga joylashtirgandan so‘ng bu ikki o‘tkazgichli kabelni yana shunday nazoratchidagi ulanish joyiga ulash mumkin. Tizimli blokning orqa devoriga platani mahkamlovchi vintlarni chiqaring, so‘ngra platani shinadagi ulanish yojdan yuqoriga qarab o‘zingiz tomonga torting.

Ulagichlar yoki o‘chirgichlarni qo‘yish.

Balki, sizning yangi adapteringiz azaldan ishga shaydir va tizimda har hil boshlangich muolajalarsiz yaxshi joylashgandir. Biroq yangi uskunani o‘rnatishda shoshmashohsarlik qilib bo‘lmaydi, birinchi navbatda yo‘riknomani o‘qib chiqing. Agarda tizimda SCSI qurilmasi 7 raqami ostida bo‘lsa (SCSI adapterga beriladi), unda sozlashda ulagichlar yo‘ki o‘chirgichlar yordamida o‘zgartirishlar kiritish kerak.
Tamomiy qurilmalarning tekshiruvi.

Yuqorida qayd qilingandek, SCSI qurilmasining ketma-ketlikli zanjirini ikkala uchida tamomiy qopqoqlar bo‘lishi kerak. Ushbu muammo bo‘yicha har bir ishlab chiqaruvchida o‘z yo‘l-yo‘riqlari mavjud. SCSI qurilmasini qo‘yish boyicha yo‘riknomada ushbu masalaga oid kerakli ma’lumot beriladi.
SCSI adapterlarning ko‘pchiligi biriktirilgan qopqoqlarga ega. Bunday holda nazoratchidan, kompyuterning tizimli blokda joylashgan ichki (qattiq disk va kompakt disklarnini o‘qish) qurilmalar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Shinaning bir uchida joylashgan adapter SCSI yassi kabelning bir uchidagi signalni “o‘chiradi”, ikkinchi uchidagi qurilma tamomiy bo‘lishi uchun maxsus ulanish joyilar ishlatiladi, ayrim modellarda ulagichlar va o‘chirgichlar ham bo‘ladi.
Tesqari hollarda barcha SCSI qurilmasi tashqi bo‘lsa, tamomiy qopqoq bilan biriktirilgan nazoratchi ham to‘g‘ri keladi. Bunda barcha SCSI nimtizimning ish sxemasi ilgaridek bo‘ladi (uchlarida tamomiy qurilma: ulardan biri adapter, ikkinchisi zanjirdagi so‘ngi qurilma), faqatgina kabel turlari o‘zgaradi.
Aralash variantlarda SCSI ichki qurilmalarga tashqilar (ma’lumotlarning rezervli nusxalarini saqlash uchun qattiq disklar, CD-ROM to‘plagich yo‘ki skaner) qo‘shilsa, adapterning biriktirilgan qopqog‘ini o‘chirib qo‘ish lozim, chunki u zanjirning uchlarida emas, o‘rtasida joylashgandir. Bunday tarkibiy tuzilmalarda chikkali qopqoqlardan biri oxirgi ichki qurilmaga, ikkinchisi esa oxirgi tashqi elementga biriktirilgan.

SCSI adapterning yangi platasini qo‘yish.

Tizim plataning ulanish joyiga platani zich qilib qo‘ying. Kompyuter ichida platani ushlab turuvchi barcha vintlarni qotiring. SCSI ko‘plab qattiq disklari tizim blokining old devorida joylashgan signal lampochkalar bilan jihozlangan. Uning ishi uchun LED-kabel javob beradi. Ushbu kabelni ulash uchun SCSI diski bilan birga berilgan foydalanuvchi yo‘riknomasiga va kompyuter xujjatlariga murojat qiling. Zamonaviy kompyuterlardagi SCSI qurilmani qo‘yish uchun (olatda SCSI shinasi bilan faqat shu modeli ishlashi mumkin) joylashtirish dasturini yuklash va SCSI qurilmaning zanjir xususiyatlarida, qattiq disk ularning ro‘yxatiga kirmasligini taqidlash lozim. Ushbu bobda tizimdagi SCSIning ikkinchi qurilmasini qo‘ishi yo‘ki bir vaqtning o‘zida adapter va qattiq diskni chiqarib tashlash haqida gap ketadi. EISA kompyuterlari uchun maxsus tarkibiy tuzilmali utilita mo‘ljallangan. Uning yo‘rdamida tizimga SCSI adapterning platasi qo‘yilganligi haqida ma’lum qilinadi.

2431 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений