linkedin facebook linkedin facebook nod32

SCSI kabelini ulash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-16

SCSI kabelini ulash


asimon kabel ishlatiladi. Wide SCSI standartning ichki qurilmasi 68-kontaktli kabel orqali ishlaydi.
Adapterning orqa tomonida joylashgan ulanish joyiga 25-kontaktli kabel yo‘rdamida SCSI tashqi qurilmasi ulaniladi. Nazoratchining platasidagi, tizimli blokining orqa devorida joylashgan tashqi ulanish joyi printerning parallel portini eslatadi. 25-kontaktli ulanish joyi o‘rniga tashqi qurilmalarda hohlagan parallel printerning orqa tomonida joylashgan, ko‘rinishidan Centronics ulanish joyi uzaytirilgan talqinga oxshash 50-kontaktli Amphenal ulanish joyi ishlatiladi.
Kelajak avlod kabellari (SCSI-2 va SCSI-3 interfeyslar uchun ) 50-ta shtirkali uncha katta emas yo‘ki 68-kontaktli D ko‘rinishdagi ulanish joyilardan iboratdir. Shtirkali kontaktlar bog‘lanishda kalta bo‘lishiga qaramay, qisqich yordamida ulanish joyida yaxshi joylashadilar. Tashqi qurilmalarning kabellari shunday ishlab chiqalganki, barcha kabellarni teskari yo‘ki noto‘g‘ri ulash mumkin emas.
SCSI ichki qurilmasining kabellari rangli yo‘ki kul rang bo‘ladilar. Odatda kul rang kabelda, bog‘lanishdagi birinchi kontaktiga ahamiyat berish kerakligini ko‘rsatuvchi qizil yo‘ki havo rang chiziq tortilgan bo‘ladi. Rangli kabellarda birinchi kontaktiga jigarrang sim to‘g‘ri keladi. Tashqi qurilmani qo‘yishida, adapter ulanish joyida birinchi kontaktni toping va kabekni shunday ulangki, ushbu kontaktga bitta sim to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lsin.
Ko‘p hollarda nazoratchining ulanish joyida birinchi kontaktning yonida ishlab chiqaruvchining belgisi bo‘ladi. Shu bilan birga adapter yo‘riknomasida birinchi kontaktni joyi ko‘rsatilgan ulanish joyi chizilgan rasmni topish mumkin. Agarda kabelni to‘g‘ri ulashda ikkilanish bo‘lsa albatta adapterning ishlab chiqaruvshi bilan bo‘g‘laning. Kabelning noto‘g‘ri ulanishi kompyuterni yoqilishida qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin.
SCSI qurilmasiga harf tayinlash.
Agarda tizimda bir vaqtning o‘zida IDE va SCSI qattiq disklari o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday holatda ko‘pincha mavjud bo‘lgan BIOS talqinlari IDE diskiga C harfini belgilaydi va uni yuklanuvchi deb tayinlaydi. Bu BIOS sozlashlari bilan bog‘lik bo‘lib, kompyuterga DOSning tizim ko‘rgan birinchi faol bo‘limlari yo‘rdamida yuklanishni boshlashni buyuradi. Shu vaqtning o‘zida, IDEning asosiy kanaliga birlamchi moslama sifatida IDEning hohlagan disklari DOSning asosiy bo‘limini o‘z ichiga qamrab olib, avtomatik ravishda C diski bo‘ladi.
Ammo shahsiy kompyuterning so‘ngi modellarida BIOS talqinlaridan foydalanilmoqda. Ular yuklanuvchi qurilmani tayinlashda SCSI va IDE interfeyslardan birini foydalanuvchiga tanlash xuquqini beradi. BIOS Setupning sozlashlarini tushunib olishga tizim platada berilgan hujjatlar, shuningdek, internetdagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning Web-saytidan topib ilingan ma’lumotlar yordam beradi.

SCSI diskini qo‘yish.
Kelgusi bo‘limlarda SCSI diskining instalyatsiya jarayonini tavsifi beriladi.
SCSI eski diskini chiqarish. Tizimli blokining qopqog‘ini eching. Qattiq diskning orqa devoridagi yassi kabelni toping, qattiq diskning ulanish joyidagi birinchi kontaktda tugaydigan qizil chiziqli lentasimon kabelga ahamiyat bering. Kerak bo‘lganda eski qurilmani qaytadan joyiga xatosiz va tez joylashtirish uchun kabelga yopishqoq lenta yordamida yoki yumshoq marker bilan belgi qo‘ying. Yassi kabel va to‘rt simli kabelini tarmoqdan chiqaring.
Yangi disk qoyiladigan joy, otsekkacha etib borish uchun yo‘l yo‘lakay tizimning ayrim boshqa tarkibiy qismlarini, masalan, blok pitaniyani, echish kerak bo‘ladi. Bu aniqsa shahsiy kompyuterning tizimli bloklariga tegishlidir.
Zamonaviy qattiq disklarning ko‘pchiligi tizim blokda vintlar yo‘rdamida qotiriladi. Bunday konstruktsuya kompyuter korpusidagi bo‘limlardan qurilmani osonlikcha chiqarib olishga yo‘l qo‘yadi. Ayrim modellarda, yo‘l ko‘rsatuvchilardan tashqari, qisqichlar ham mavjud, ular korpusning orqa devorida yoylashgan bo‘lib, tizim blokning ichida diskni ushlab turadilar. Konstruktsuyadan kelib chiqqan holda qattiq diskni chiqarish uchun avvalambor qisqichlarni ushlab turuvchi vintlarni burab chiqarish kerak yo‘ki qisqichlar prujina simon bo‘lsa, ularni bosish kerak.
Ayrim modellarda qisqichlar va yo‘l boshlo‘vchilar yo‘q bo‘lib, disk vintlar yo‘rdamida bloklar bo‘yicha qotirilgan bo‘ladi. Barcha hollarda ham vintlarni yo‘qotmaslik lozim, ular yangi qattiq diskni joylasgtirishda kerak bo‘lishi mumkin.
O‘chirgich va ulagichlarni qo‘yish. SCSI interfeys shinasi, umumiy kanal orqali bir biri bilan bog‘lik bo‘lgan, ko‘plab kompyuterdan iborat miniatyur local tarmoqqa o‘xshaydi. Local tarmoq kabi, SCSI shinasiga ulangan har bir qurilma o‘z manzili yo‘ki o‘ziga xos ragamga ega bo‘lishi lozim.
SCSI nazoratchi platasining raqami olatdagiday 7. Bunga birinchi SCSI interfeyslari davridan to yangi 15tadan 30tagacha qurilmani o‘zida mujassamlagan yangi nazoratchilargacha amal qiladilar. SCSIni ilk talginlarida 7 mansilga tegishli qurilmala zanjirning oxirida jo‘ylashgan,chunki nazoratchi 7dan ortiq qurilmalarni qollab quvatlamagan. Hozir nazoratchining qayerida joylashishidan qat’iy nazar, 7 raqam unikidir. Bu qoida ilk tizimlar va qurilmalar bilan bog‘liqlikni saqlab qoladi. Qolgan barcha raqamlar ekvivalent bo‘lib, yangi qattiq diskga berilishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, SCSI shinalarining ayrim manzillarini, 7dan tashqari, nazoratchi maxsus maqsadlar uchun rezervatsuya qilishi mumkin. Masalan, Adaptec 1542 nazoratchi modeli barcha ma’lum joylashtirilgan qurilmalardan 0 va 1 manzillarga egalarini aniqlaydi va ular bilan boshqacha o‘zaro muloqatga kirishadi. Natijada, qattiq disklardan biri 0 raqamli qurilma deb tayinlansa, kutilmagan qiyinchiliklarga yo‘liqish mumkin. Shinday ekan, nazoratchini qo‘yishdan oldin foydalanuvchilar yo‘riqnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqing va o‘ziga hos xususiyatlarini o‘rganing. Yangi nazoratchi xarid qilganingizda albatta yo‘riqnoma so‘rang, chunki ko‘pchilik kartalarda “g‘amizliklar” uchraydi.
Qoshilgan tamomiy qurilmalarning tekshiruvi haqida yuqorida aytilgan.
Tizim blokida qattiq disklarning qo‘yilishi va kabellarni ulash. Zamonaviy kompyuterlarning ko‘pchiligida, kompyuterning ichki qismidagi qattiq disklarni ushlab turuvchi yo‘naltiruvchilar (qattiq diskni yonlarida vintlar bilan qotirilgan gorizontal plastinalar) mavjuddir. Qoyiladigan SCSI qattiq diskiga yonaltiruvchini burang, undan so‘ng esa uni tizim blokining otseklaridan biriga o‘rnating.
Lentasimon kabelni diskka ulang. Qattiq disk ulanish joyidagi birinchi kontakti kabelning biriktiruvchidagi 1 kontakti bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish esingizdan chiqmasin. So‘ngra 4 simli o‘tkazgichli oziqlantiradigan kabelni ulang. Shnur oxiridagi ulanish joyi to‘g‘ri to‘rt burchakli shaklda bo‘lishi kerak emasligiga ahamiyat bering. Uning diagonali bo‘yicha parallel ravishda 2 qoshni uchi kesilgan bo‘lishi kerak. Ulanish joyining bunday shakli, qattiq diskdagi ulanish joyiga elektr ta’minotni ulayotganda extiyot bo‘lish lozimligidan dalolat beradi.
Tizim blokining ichidagi qattiq diskni ushlab turuvchi vintlarni qotiring.
SCSI diskini formatlash. Barcha qattiq disklar zavodda past sathdagi formatlash jarayonidan o‘tadilar. Ammo yangi diskni bolimlarga bo‘lishi lozim (FDISK dasturi yordamida), so‘ng esa uni formatlash kerak (FORMAT komandasi yordamida). (Windows XPda bu jarayon analogik korinadi, ammo DISCPART dasturi ishlatiladi). Qattiq diskning aniq modelini formatlash haqidagi ma’lumotni foydalanuvchi yo‘riknomasidan topish mumkin.

Fibre Channel qurilmasi.
Keng tarqalgan IDE va SCSI interfeyslarning imkoniyatlari kimga ma’qul tushmasa, kimki katta tezlikka qiziqsa, Fibre Channel nazoratchilariga ahamiyat bering. Ularning ma’lumotlarini uzatish tezligi 1.06 Gbayt/s., va yaqin kelajakda 2.12 Gbayt/s. va 4.24 Gbayt/s. yetadilar. Bugungi kunda ushbu interfeysdan yuqori darajali serverlarda foydalanilmoqda. Shuningdek, proektlash, videomontaj, grafika va tovushni ishlash ichun turli ilovalarni bajaradigan kompyuterlarda ishlatiladi.
Fibre Shannelning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri, bu nazoratchi bilan qattiq diskni bog‘lovchi optik kabelining mavjudligidir. Biroq, bu standartning hamma qurilmalari ham optic kabelni ishlatishmaydi – ba’zi birlarida standart kabellar mavjud bo‘lib, ularda misli o‘tkazgichlar (provodkalar) boshqa material bilan almashtirilgan.
80-kontaktli parallel ulanish joyidan foydalanuvchi (SCSI standartdagi SCA ulanish joyiga analogik ravishda) kabel yordamida, Fibre Channel qurilmasi bevosita maxsus birlashtiruvchi, ma’lumotlar almashinuvini va elektr ta’minotini ta’minlaydigan paneliga ilanadi. Ulanishning bunday cxemasi tizimga kabellar ishini oshib ketish muammosini oldini olibgina qolmay balki ish jarayonida qattiq diskllarni tezkor almashtirishga imkon beradi. Undan tashqari, yangi spetsifikatsiyadagi tarkibiy qismlarni kamayishi natijasida ishdagi muammolarni paydo bo‘lish ehtimoli kamayadi.
Birlashtiruvchi paneldagi joylashishiga yo‘ki bo‘lmasa qurilmaning xotirasida yo‘zilgan noyob raqamiga qarab Fibre Channel ulanish joyi qurilmani manzilini aniqlashga qodir. Har bir qurilmaning o‘z noyob kodi mavjud bo‘lib, u boshqa qurilma kodiga to‘g‘ri kelmaydi. Fibre Channel interfeysi nazariy jihatdan126gacha manzilga xizmat ko‘rsata oladi. (yani 126ta turli xil qurilmalar). Ammo, zamonaviy nazoratchilarning real imkoniytlari bu ko‘rsatgichni 60 ta qurilma bilan cheklanadi.
So‘ngi yillarda kompyuter biznesida Fibre Channel (yo‘ki oddiygina Fibre) ommabob tusga kirmoqda. Undan turli xil fizik interfeyslarni belgilashda foydalanishadi. Ushbu interfeyslarning ayrimlari optovolokonga asoslangan texnologiyalardan foydalanmoqda, ayrimlari esa hanuzgacha mis o‘tkazichlarni ishlatmoqtalar. Ushbu interfeysning umumlashtiruvchi johatlardan biri bu qurilma imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish standartidir. Xususan qurilmani turiga qarab bu standartlar o‘zgarmoqda.
Turli darajadagi kompyuter tarmoqlarida, shuningdek, local va uzoqlashgan magistralli bog‘lanishlarda optovolokonli texnologiyalar, qo‘llanmoqda. Barcha mavjud SCSI talqinlardagi ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishi yangi texnologiyalar bilan bog‘lik. Shu bilan barcha uzoqlashgan birliklarni tashqil qilish imkoniyatini ushbu texnologiyalar amalga oshirishi mumkin. Yuqori korsatkichli RAID-massivlar ko‘p hollarda Fibre Channel interfeyslardan foydalanadilar, chunki ular ishonchli, masofa bilan bog‘lik bo‘lgan muammolarni ham echa oladilar, hamda yuqori tezlikka egadirlar. Fibre Channel texnologiyalari haqidagi eng yangi ma’lumotni Web-cayt www.fibrechannel.com da topsa bo‘ladi.

3360 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений