linkedin facebook linkedin facebook nod32

Unumdorlik va narx tahlili

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-16

Unumdorlik va narx tahlili

Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlar ilk kompyuterlardan 1000 maratoba tez ishlaydi va narxi ancha arzon.
So’nggi yillarda protsessorlarning tezligi har bir, ikki yilda ikki baravarga oshdi. Qattiq disklarning hajmi va tezligi ham aytarli oshdi. Bugungi kunda bir necha yil oldin 1 Gbayt hajmdagi diskning narxiga qaraganda 80 Gbaytli hajmdagi diskni arzon sotib olish mumkin.
Bugungi kunda zamonaviy komyuterlarning narxini tezlik bilan tushishi, eski kompyuterlarning jihoziga imkoniyat bermayapti. Ayrim hollardagina bunday operatsiyani amalga oshirish mumkin.
Bu, albatta, eski qattiq disklarni tarkibiy qismlarini, ya’ni yangi videoadapterni qo’yish, ta’mirlash, almashtirmaslik kerak degani emas.
Bu bobda tarkibiy qismlarni almashtirish va ta’mirlash haqida gap boradi.

“Orzu”( “Meчта”) tizimi.

Ushbu daqiqada qaysi tizim eng optimal va tezkorlikligini aniqlash qiyin, chunki ozgina vaqtdan so’ng u dolzarbligini yo’qotadi. Bunda bugun eng zamonaviy hisoblangan narsa olti oydan so’ng eskirgan va sekin ishlaydigan bo’lib qoladi.
Agarda, tizim yig’adigan bo’lsangiz, albatta eng so’nggi modellar bilan bir qatorda tekshirilgan (sinovdan o’tgan) texnologiyalarga murojaat qilishingiz lozim. Quyidagi xarakteristikalarga ega bo‘lgan tizimni yig’ish tafsiya etiladi:

  • Protsessor - 3 GGts chastotali Pentium IV;

  • Grafik porti - PCI Express 16x ;

  • Xotira - PCI Express standartini qollaydigan, DDR xotira;

  • Grafik adapteri - 256 Mbayt hajmga ega bo‘lgan NVIDIA Ge Forse (yoki ATI Radeon) nomli grafik adapteri;

  • Portlar - USB 2.0 portlari;

  • Xotira – 1024 Mbayt;

  • Qattiq disk - 200 Gbayt xajmga ega bo‘lgan S ATA 150;

  • Tarmoqli adapter - Gigabit Ethernet;

  • To‘plovchi - DVD-RW;

  • To‘vush platasi - 6+1 ;

  • Dasturlash tugmachalarga ega bo‘lgan trekbol;

  • Microsoft Windows XP Professional;

  • Microsoft Office XP 2003.

Shunday tizimning donabay narhi, 2006 yilning boshida 700 dan 1000gaha edi. Shu ro‘yxatga yana 17-dyuymli tekkis LCD monitori (450$) qo‘shilsa, ShK umumiy narxi taxminan 1150-1450$ga borib qoladi. 2000 yili esa 800 MGts, HDD 30 Gb va 19 dyuymli monitor Pentiyum III - 1500 dan 2000 $. Shuning uchun ShK tarkibiy qismlarini yig’ganda narxlar va ShK ishlab chiqaruvchilarning yangi rejalarini ham inobatga olish kerak.

Tezkor “eskirish” faktori.

Kompyuterning tarkibiy qismlari hayotidan isbotlangan faktlardan biri foydalanuvchi do’kon peshtahtasidan biror bir moslamani kassagacha olib borguncha u mantiqiy eskiradi. Ammo, agar siz eng yangisini kutsangiz, buni oxiri ko’rinmaydi, ertami-kech baribir oxir oqibat tanlash lozim. Ko’p hollarda yangi kompyuter olayotganimizda quyidagicha tanlashimiz mumkin.:

  • bozorga chiqqan eng so’nggi texnologiyalarga asoslangan kompyuterni sotib olish;
  • sizning albatta sotib olgan tizimingiz qimmat bo’ladi va nufuzli jurnallarda bosilib chiqadi;
  • eng yangisidan, bir qadam orqada turganini sotib olsangiz narxi ham sizga to’g’ri keladi;
  • agar siz sotuvda arzon kompyuter harid qilsangiz, bunday tejamkorligingiz vaqt o’tishi bilan katta pul mablag‘ini ketkizishingizga olib keladi. Sizning tizimingiz sekin ishlaydi va ish unumingiz kamayadi. Arzon qattiq diskni sotib olsangiz yarim yildan so’ng uni qimmatiga almashtirishga to’g’ri keladi.

Kompyuterning tarkibiy qismlarini sotib olishdagi qoidalar.

Quyi daragada loyihalangan, sifatsiz yig’ilgan kompyuter tizimi uchun 2000 $ to’lash mumkin. Uning yarmiga yoki undan kam narxga zamonaviy modelini sotib olish mumkin. Buning barchasi sizning tanlab olish tajribangizga bog’liq.
Kompyuter sotib olishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.:

  • Kompyuter sotib olishdan oldin Internet ma’lumotlari va kompyuter jurnallaridagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing;
  • Buyurtma qilishdan oldin sizni qiziqtirgan savollarni bering;
  • O’ylab ko’ring: eng qimmat bo’lgan yangisi sizga kerakmi yoki bundan oldin chiqqan va arzonrog’imi.


Pulni qayerga ishlatish kerak?

Ushbu bobgacha bu ShKning tarkibiy qismlarini o’rgandik. Endi esa tarkibiy qismlarning kataloglariga yoki internet orqali qaysi dokonga murojaat qilish haqida gapiramiz.
Har bir foydalanuvchining kompyuterining shinam va qulayligi haqida o’z fikri mavjud. Bu narsalarni telefon orqali buyurtma berib yoki do’kondan sotib olish mumkin. Undan ham yaxshi usuli internet orqali buyurtma berish.
Bunda narxlarni solishtirish ham mumkin. Webdan foydalanib sotib olish jarayonini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Siz elektron jadvallardan foydalanishingiz mumkin. Ko’plab ishlab chiqaruvchilar Web-uzellarda maxsus dasturlarni kiritishadi. Foydalanuvchi narxlarni solishtirgani uchun .
Ayrim foydalanuvchilar esa mahsulotni ushlatib ko’rib dokonlardan harid qiladilar. Sizga nima ko’proq to’g’ri keladi? 6.2.2-jadvalida sotib olishning barcha variantlari keltirilgan.

Siz uchun qaysinisi qulayroq? Do‘kon, telefon yoki Internet yordamida qoshimcha qurilmalarni (комплектующие) xarid qilishning avzalliklari va kamchiliklari 6.1.2. jadvalda ko‘rsatilgan.

Kompyuter yig‘ish qism qurilmalarini
xarid qilish usullarining taxlili.

Internet, telefon, pochta orqali

Do‘kon

+ odatda pasroq narxlar

-narxlar qimmatroq bo‘lishi mumkin, biroq kompyuter supermarketlarda narxlar pochta orqali xarid qilganingizda

+ Tanlash imkoniyatingiz ko‘proq

- Tanlash imkoniyatingiz sal pasroq

+/- pochta orqali buyurtma oladigan firmalar Firmalar pochta orqali buyrtmani bajaradila, texnik qo‘llashni tavsiya etadilar.

+/- sotuv joylarida texnik mataxasis xizmatini yoki bepul yordamni taklif etishadi.

+/-ba’zi bir kompaniyalar kompyuter qurilmalarini qaytarib olish va almashtirish yo‘lini qollaydilar.

+/-ba’zi bir kompaniyalar kompyuter qurilmalarini qaytarib olish va almashtirish yo‘lini qollaydilar.

+odatda sotuvda soliq to‘lo‘vini olmasliklari mumkin.

- Sotiq to‘lo‘vlari olinadi.

-yetkazib berish uchun qo‘shimcha to‘lo‘v.

+ O‘z haridingizni o‘zingiz olib ketasiz.

+/- Qulaylik faktori: qo‘shimcha narx uchun kechasi yetkazib berish

+/- Qulaylik faktori: agarda do‘konga kelsangiz, o‘z haridingizni shu zahoti olib ketasiz.

Undan tashqari elektron qurilmalar juda chidamlidir. Agar ular birinchi 6-8 hafta yangi ishlasa ko’p yillar davomida sizga hizmat qiladi. Barcha tizimlar uchun bir-ikki yillik kafolat beriladi. Agar ushbu davr ichida biror bir narsa ishdan chiqsa sotuvchi uni almashtirib berishi shart.
2001 yil ko’plab kompaniyalar turli qo‘llashlarni taqdim qildilar. Masalan, qo’shimcha 50$ ga DELL kompaniyasi kafolatni ikki yilga surdilar. Telefon orqali qo‘llash va joyida xizmat ko’rsatishni ta’minladilar. 119$ga esa kafolatni 3 yilga choziladi, qo‘llash esa kompyuterning ishlash davomida amalgam oshiriladi.
Barcha kafolat turlari va muddatlari bilan tanishib chiqing. Agarda, kompaniya joyida xizmat ko’rsatishga kafolat bersa ham qaysidir tarkibiy qismlarga taaluqli bo’lmasligi mumkin. Sunday hollarda qurilmangizni omborga yuborishingizni so’rashadi va siz ancha vaqtgacha uni ishlataolmaysiz. Kompyuterga tegishli qurilmalarni harid qilishdan oldin bir necha savollarga, ishlab chiqaruvchi kompaniya yordamida, javob qidiring. Agar mahsulot olayotganingizda o‘z savollaringizga yetarli javob olmasangiz boshqa kompaniyalarga murojaat qiling.

2090 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений