linkedin facebook linkedin facebook nod32

Delphida multimediali o`rgatuvchi dastur yaratish

Muallif: Toirov A.

Qo`shilgan sana: 2014-10-26

Delphida multimediali o`rgatuvchi dastur yaratish.

Hozirgi kunda ta’limda elektron darsliklar, elektron adabiyotlar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanilmoqda. Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yaratadi. Delphi muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan foydalanish juda qulaydir.
Misol tariqasida o`quvchiga raqamlarda berilgan sonning harflarda ifodalanishini va o`qilishini o`rgatuvchi dasturni yaratishni ko`rib chiqamiz. Bu dastur algoritmida har bir sonni uning harfdagi ifodasi bilan mos qo`yish mumkin, lekin bunda mingdan kichik son uchun mingta kombinatsiyani amalga oshirishga to`g`ri keladi. Eng maqbul usul sonni xona birliklariga ajratib o`qish algoritmini yaratish. Bu usulda uch xonali sonlar uchun 30 ta kombinatsiya amalga oshiriladi. Bu algoritmga ko`ra minggacha bo`1gan sonlar orasidan ixtiyoriy bitta son tanlab olinadi va u son necha xonaligi aniqlanadi. Shundan so`ng son maxsus operatorlar orqali birlik, o`nlik va yuzliklarga ajratiladi. Ajratilgan raqamlar taqqoslash operatori yordamida harflardagi ifodalar bilan almashtiriladi va o`zgaruvchiga o`zlashtiriladi. Keying xona birligida o`girilgan ifoda o`zgaruvchiga birlashtiriladi.
Bu algoritmning Delphi tilida dastur matni quyidagicha:

if n=3 then begin Label2.Caption:='Bu uch xonali son va u quyidagicha o`qiladi';
c:=strtoint(copy(s,n-2,1));
case c of
1: t:='bir yuz';
2: t:='ikki yuz';
3: t:='uch yuz';
4: t:='to`rt yuz';
5: t:='besh yuz';
6: t:='olti yuz';
7: t:='yetti yuz';
8: t:='sakkiz yuz';
9: t:='to`qqiz yuz';end;
label3.Caption:=t; bir:=t;
bitbtn1.Visible:=true; bitbtn1.Caption:=inttostr(c)+'00'; t:='';
c:=strtoint(copy(s,n-1,1));
case c of
1: t:='o`n';
2: t:='yigirma';
3: t:='o`ttiz';
4: t:='qirq';
5: t:='ellik';
6: t:='oltmish';
7: t:='yetmish';
8: t:='sakson';
9: t:='to`qson';end;ikki:=t;
label3.Caption:=label3.Caption+' '+t;
if c<>0 then begin bitbtn2.Visible:=true; bitbtn2.Caption:=inttostr(c)+'0';end; t:='';
c:=strtoint(copy(s,n,1));
case c of
1: t:='bir';
2: t:='ikki';
3: t:='uch';
4: t:='to`rt';
5: t:='besh';
6: t:='olti';
7: t:='yetti';
8: t:='sakkiz';
9: t:='to`qqiz';end;uch:=t;
label3.Caption:=label3.Caption+' '+t; if c<>0 then begin bitbtn3.Visible:=true;
bitbtn3.Caption:=inttostr(c);end;end;

Bu dasturni barcha tillarga, ya’ni ingliz tilidagi, rus tilidagi sonlarni ham o`qilishini o`rgatishga moslashtirish mumkin.
Endi bu sonlarning o`qilishini ovozli tarzda o`rgatish uchun formaga MediaPlayer komponentasini o`rnatamiz va u formada ko`rinmasligi uchun visible hossasini yolg`on (false) qilamiz. Kerakli sonning talaffuzini eshitish uchun MediaPlayer obyekti kerakli audio faylni topib o`qishi uchun uni BitBtn tugmasi bilan bog`laymiz. Bu buyruq kodi quyidagicha:

procedure TForm2.BitBtn1Click(Sender: TObject);
begin
mediaplayer1.FileName:='nummedia\uz\'+bir+'.wma'; // Nummedia papkasidan bir o`zgaruvchi o`zlashtirgan faylni topish
mediaplayer1.Open; // Mediaplayerni faylini ochish
mediaplayer1.Play; // faylni o`qitish
end;

Bu dasturdagi sonning talaffuzini audio fayl sifatida kompyuterda yozib olamiz va uni har bir xona birliklarining yozilishi bilan nomlab diskka saqlaymiz. Masalan, ‘ikki.wma’, ‘yigirma.wma’, ‘yuz.wma’ va hk. Har bir o`girilgan ifodanini audio faylni aniqlab olish uchun maxsus o`zgaruvchilarga o`zlashtirib olamiz. Dastur ifodalagan sonlarning qiymatini audio fayl nomi bilan bir xil tarzda ifodalaymiz. Kerakli faylni yuklab olish uchun 'nummedia\uz\'+bir+'.wma' ifodasi orqali faylning nomi aniqlaymiz. Bunda ham 30 ta kombinatsiya amalga oshiriladi.
Dastur formasining ko`rinishi quyidagicha:

Dastur oynasining natijaviy ko`rinishi quyidagicha:

Bu dasturga ushbu algoritm bo`yicha nazorat qilish bo`limlarini ham o`rnatib, o`quvchining sonlarni qay darajada o`zlashtirganini aniqlash ham mumkin. Bu dasturdan boshlang`ich sinf o`quvchilariga sonlarning o`qilishini va yozilishini o`rgatishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari bu dasturni turli tillarga moslashtirib, dasturdan xorijiy tillarni o`rganishni boshlaganlar foydalanishi mumkin. Dasturda sonlar kombinatsiyasi cheksiz takrorlanib keladi va bu o`quvchi mustaqil shug`illanishida keng imkoniyat yaratib beradi.

4457 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений