Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 271
Bugun: 23.4.2021
Soat: 9:54
BIOS Doimiy xotira kirish
Muallif: Mengliyev Sh
Qo`shilgan sana: 2014-05-30
BIOS Doimiy xotira kirish
Shaxsiy kompyuterlar bizning hayotimizga ishonarli darajada kirib keldi va bundan millionlab insonlar o`z ishlarida muvaffaqqiyatli foydalanib kelmoqda. Shubxasiz har bir kishi o`zining shaxsiy kompyuterini tez qulay ishlashini xoxlaydi. Buning uchun texnik mutaxassis yordami kerak bo`ladi yoki shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchining o`zi ham bajarishi mumkin.
Kompyuterning ishlash tizimini BIOS tizimisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu dastur kompyuter ishga tushishi va uskunalar parametrlarini yuklashni o`z zimmasiga oladi. BIOS dasturi ayrim foydalanuvchilar uchun qiyin va tushunarsizday tuyuladi lekin ushbu biz sizga berayotgan ma`lumotlarimiz yordamida siz bu dastur bilan ishlashni tezda o`rganasiz va kompyuterni sozlashda samarali foydalanasiz. Bu kitob BIOS dasturini tez va oson o`rganishni xoxlovchi foydalanuvchilar uchun va uni kompyuter moslamasida qo`llovchilar uchun tavsiya etiladi.
Bu kitob yordamida siz kompyuterning asosiy qurilmalari nastroykalarini mustaqil bajarishingiz mumkin:
*protsessor;
*tizimli plata;
*xotira;
*videoxotira va hokazolar.
Siz bu kitobda eng zamonaviy protsessorlarning sozlanmalarini, ishlash tezligi haqida ma`lumot olishingiz mumkin: (masalan INTEL CORE 3/5/7 va AMD PHENOM II/ ATHLON II ).
Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut – Outrut System – kiritish va chiqarishning baza tizimi ) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to`plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradigilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o`chirilganda ham axborot saqlanib qoladi.
BIOS dasturini o`rganishga kirishishdan avval, kompyuterning tizimli blokda o`zaro bog`liq uskunalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Tizimli blok ichida nima mavjud?
Ta`minot bloki;
Tizimli plata;
DVD-RW moslamasi;
Videoxotira;
Qattiq disk;
Diskovod.
Ta`minot bloki.
Tizimli blokdagi barcha qurilmalarni kerakli miqdorda tok bilan ta`minlaydi.
Tizimli yoki Onaplata (Matplata)
Kompyuterga protsessor va operativ xotira o`rnatish uchun bazaviy qurilmasidir. Unga kiritish chiqarish, diskli xotira miqdori va boshqalar ulanadi.
Tizimli plata ularning o`zaro ishlashini ta`minlab beradi. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri – markaziy protsessordir. Tizimli plata bu – maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo`lib, ular o`zaro bog`lovchi yoki elektr ( tok ) o`tkazuvchi yo`llari bilan bog`langan. Tizimli plata shaxsiy kompyuterning eng muhim elemenlarini o`zida jamlaydi.
PROTSESSOR.
Protsessor bu kompyuterning “ yuragi” hisoblanadi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog`lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi.
Operativ xotira.
Operativ xotira bu tizimdagi operatsiya ishlari va dasturlar uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ma`lumotlarni vaqtincha saqlash uchun ham ishlatiladi. U modul ko`rinishida ulangan tizimli plataga o`rnatilgan va ma`lumotlarni faqat kompyuter yoqilgan vaqtda saqlash mumkin.
Qattiq disk.
Kompyuterdagi ma`lumotlarni saqlovchi asosiy qurilmadir.
CD yoki DVD diskyurituvchi.
Cd yoki dvd diskyurituvchi disklarni aylantirishga xizmat qiluvchi motor moslamasi hamda ularga ma`lumot yozish va o`qish magnit boshchadan tashkil topgan qurilma.
Videoxotira
Videoxotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi.
12421 marta o`qildi.
![]() |
![]() |