Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 197
Bugun: 6.3.2021
Soat: 16:5
Sertial ATA va RAID kontrollerlar
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-07-04
Sertial ATA va RAID kontrollerlari
Barcha zamonaviy platalarda ichki biriktirilgan Serial ATA RAID kontrollerlari bor. Ularni konfiguratsiya qilish parametrlari ko`pincha alohida bo`limlarga ajratiladi (3-rasm).
3-rasm. Kontrollerlar konfiguratsiyasi bo`limi
Configure SATA (As SATA/RAID Mode)
Parametr SerialATA ichki biriktirilgan kontroller ish rejimini sozlaydi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Standard IDE (Disabled) – SATA-to`plovchilar IDEga mos rejimda ishlaydi;
*RAID – bu rejimda RAID-massivlarni bir nechta qattiq disklrdan yaratayotganda tanlash kerak.
*AHCI (Advanced Host Controller Interface) – SATA kontrollerini kengaytiilgan ish rejimi. AHCI faqat Serial ATA standarti disklarida ishlaydi.
Diqqat!
Serial ATA kontrolleri ish rejimini o`zgartirish operatsion sistemani yuklanmay qolishiga olib kelishi mumkun. Bunday hollarda Windowsni qaytadan o`rnatish kerak.
OnChip SATA Mode (ATA/IDE Configuration)
Parametr SATA va IDE to`plovchilarini birgalikda ishlash rejimini sozlaydi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Disabled – Serial ATA kontrolleri o`chirilgan, faqat IDE qattiq disklaridan foydalaniladi;
Auto – BIOS barcha ulangan SATA va IDE to`plovchilarni avtomatik aniqlaydi;
*Combined Node (Legecy Mode) – SATA va IDE disklarini birgalikda ishlash ish rejimi, MS DOS va Windows 98/Mega mos. SATA disklari uchun IDE standarti kanallaridan biriga Serial ATA Port 0/1 Mode yordamida emulgatsiya belgilanadi;
*Enhanced Mode/Native Mode – 6tagacha to`plovchi qo`llash SATA va IDE disklarini kengaytirilgan ish rejimi;
*SATA Only – faqat SATA disklsri ishlatiladi.
IDE Operate MODE
Parametr SATA va IDE kontrollerlarini birgalikdagi ish rejimini sozlaydi.
Ehtimoliy mohiyarlar:
*Compatible Mode – MS DOS, Windows 9X/NT 4.0 operatsion sistemalariga moslik rejimi;
*Enhanced Mode – Windiws 2000/XP/2003 operatsion sistemalariga tavsiya etiladigan kengaytirilgan ish rejimi.
IDE Port Settings
Parametr SATA va IDE to`plovchilarini qo`shincha konfiguratsiyasiga xizmat qiladi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Primary PATA+SATA – birlamchi kanalga ulangan IDE-to`plovchilar ishlatiladi;
* Secondary PATA+SATA – ikkilamchi kanalga ulangan IDE-to`plovchilar ishlatiladi;
*PATA Ports Only – faqat IDE to`plovchilari ishlatiladi, SATA esa o`chirilgan.
PATA IDE Mode (PATA IDE Set to)
Parametr oldingisiga o`xshash, ammo tizimli platalarga xos, chipset faqat bitta kanalni qo`llaydi.
SATA Port 0/2 Set to (SATA Port 1/3 Set to, SATA Port )
Bu parametrlar IDE kanallarining qaysi biridan SATA disklar foydalanishini ko`rsatadi, avtomatik o`rnstiladi.
SATA 1/2(SATA Port 1/2)
Bu parametrlar SATA1 va SATA2 portlari ishlashiga mas`ul integrallangan Serial ATA kontrollerini boshqaradi.
IDE/SATA RAID function (RAID function, RAID Enabled)
Parametr integrallangan RAID kontrollerini yoqadi. RAID kontrolleridan tashqari ko`pgina tizimli platalarda qo`shimcha RAID-kontrollerlar bor.BOISda bunaqa kontrollerni yoqish uchun quyidagi parametrlardan biri kerak:
VIA SATA Raid Utility;
Onboard Sil3114 RAID;
Onboard Promise Controller;
JMicron SATA/PATA Controller;
Marvell SATA Controller;
Intel RAID Technology.
USB shinasi
Bugunda USB interfeysi turli tashqi moslamalarni tizimli blokka ulash standartiga aylangan. Zamonaviy kompyuterlarda USB uchun 6, 8 va undan ko`p raz`yomlar bo`lishi mumkun.
USB Controller (Onchip USB Controller, Onchip EHCI Controller)
Parametr ichki biriktirilgan USB kontrollerni yoqadi (Enabled; On) yoki o`chiradi (Disabled; Off)
USB 2.0 Controller (USB 2.0 Support)
Parametr USB islaydigan protokol versiyasini (USB 1.1 yoki USB 2.0) ko`rsatishga yordam beradi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On) – USB 2.0 protokoli ishlatiladi;
*Disabled (Off) – USB 1.1 protokoli ishlatiladi. Bu protokolni USB 2.0da muammo tug`ulsa ishlatish mumkun.
USB Legacy Support (USB Keyboard Support Via)
Parametr BIOS tomonidan USB moslama ulashga ruhsat beradi yoki taqiqlaydi, USB klaviatura qo`llanganda muhim. Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On. BIOS) – BIOS darajasida USB moslamalarni qo`llashga ruhsat etiladi, USB-klaviatura ishlatayorganda o`rnatish kerak.
*Disabled (Off. OS) – BIOSda USB moslamalar qo`llanilishi man etilgan.
USB Mouse Support
Parametr BIOS darajasida USB sichqoncha qo`llanilishini yoqadi, USB Keyboard Support Via parametri bilan bir xil. MS DOS kabi oparatsion sistemalarda sichqoncha zarur bo`lganda unu yoqish kerak.
Parallel va ketma-ket portlar
Kiritish-chiqarish portlari sozlashlari On board I/OnChip Setup, Super 10 Device, I/O Devices nomli alohida bo`linga ajratilishi mumkun.
Onboard Serial Port 1/2 (Com Port 1/2)
Parametr birinchi yoki ikkinchi ketma-ket portni o`chiradi yoki yoqadi/
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Auto – ketma-ket port yoqilgan, resurslar avtomatik taqsimlanadi;
*3F8/IRQ4, 2F8/IRQ3, 3E8/IRQ3 – kiritish-chiqqrish manzillari taklif qilingan ro`yxatdan tanlanadi;
*Disabled (Off) – ketma-ket port o`chirilgan, resurslardan foydalanilmaydi.
4-rasm. Kiritish-chiqarish portlari konfiguratsiyasi bo`limi
On board Parallel Port
(parallel portlar)
Parameter ichki biriktirilgan parallel port resurslarini sozlaydi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*378 /IRA7, 3BC/IRA7, 278/IRA5 parallel port tomonidan ishlatiladigan kiritish – chiqarish manzili;
*Disabled (off)- port o`chirilgan.
Biosni ba`zi versiyalarida ko`rsatilgan parameter o`rniga alohida parallel port address va parallel IRA parametrlari (mavjud) ishlatiladi.
PARALLEL PORT MODE
(Onboard Parallel Mode, Parallel Port Type)
Parameter ichki o`rnatilgan port ish rejimini tanlaydi. Ehtimoliy mohiyatlar: normal SPP – parallel port ishlashining standart rejimi (tezkor rejimda moslama yaxshi ishlamasa o`rnatiladi).
ECP EPP yoki ECP+EPP – port tezkor rejimlardan birida (ECP yoki EPP) ishlaydi. Bu holatda rejimlarni sozlash uchun qo`shimcha parametrlar EPP Mode Select va ECP Mode Use DMA bo`lishi mumkin.
Tizimli bog`lanishlarni sinash.
BIOSni ko`pgina zamonaviy versiyalarida (ASUS) ichki o`rnatilgan tizimli bog`lanishlarni sinash vositalari mavjud.
ASUS tizimli platalarida buning uchun FANCable Status yoki AI NET2 bo`limlari bor, u Advanced yoki Tool menyusida bo`lishi mumkin. Gigabayte platalarida diagnostika Integrated Periphere bo`limidagi SMART SAN buyrug`I yordamida ishga tushiriladi.
4172 marta o`qildi.
![]() |
![]() |