linkedin facebook linkedin facebook nod32

ГАМИЛЬТОН marshrutlariga asoslangan shifrlashga misol

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-05

ГАМИЛЬТОН marshrutlariga asoslangan shifrlashga misol


   Гамильтон marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashtirishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
1-qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi axborot uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o‘rinlarga maxsus xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi(masalan, *).
2-qadam. Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda simvolning tartib raqami uchun ma’lum joy ajratiladi. (3.1 - rasm)
3-qadam. Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptoturg‘unligini oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning navbatlanishi kalit yordamida beriladi.

3.1-rasm. 8-elementli jadval va  Гамильтон marshrutlari variantlari.

4-qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. L kattalik          1-qadamda dastlabki axborot bo‘linadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin. Rasshifrovka qilish teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi.

Misol. Dastlabki matn T0 «Ўрин алмаштириш усули»ni shifrlash talab etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos holda quyidagilarga teng: K=<2,1,1>, L=4. SHifrlash uchun  3.1-rasmda keltirilgan jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matritsalari to‘ldirilgan marshrutlar 3.2-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega.

3.2 - rasm.  Гамильтон marshruti yordamida shifrlash misoli.


1-qadam. Dastlabki matn uchta blokka ajratiladi. B1=<Ўрин_алм>, B2=<аштириш->, B3=<усули**>;
2-qadam. 2,1,1 marshrutli uchta matritsa to‘ldiriladi;
3-qadam. Marshrutlarga binoan simvollarni joy-joyiga qo‘yish orqali shifrmatnni hosil qilish.
T1=<НМЛИЎРА_ТИШАРИ_ШТОЕМДИ**>
4-qadam. SHifrmatnni bloklarga ajratish.
T1=<НМЛИ ЎРА_ ТИША РИ_Ш ТОЕМ ДИ**>

4589 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений