Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 271
Bugun: 23.4.2021
Soat: 10:11
Simmetriyali kriptotizim asoslari
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-08-09
Simmetriyali kriptotizim asoslari
Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Kalit – kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi – bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shirlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:
O‘rinlarni almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilarining matnli ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari almashtiriladi.
Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi.
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.
Tahliliy o‘zgartirish usuli bo‘icha boshlang‘ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida. Bu erda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.
2886 marta o`qildi.
![]() |
![]() |