linkedin facebook linkedin facebook nod32

MathCad da tashqi ma’lumotlar bilan bog‘lanish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-05

Tashqi ma’lumotlar bilan bog‘lanish

Mathcad qayta ishlanadigan ma’lumotlar ko‘p bo‘lganda ularni fayllarga saqlash va qayta o‘qish imkonini ham yaratadi. Ma’lumotlarni Mathcad prn kengaytma nom bilan oddiy matnli fayl qilib saqlaydi. Buning uchun WRITEPRN buyrug‘ini berish kerak. Bu buyruq ko‘rinishi quyidagicha (1-rasm).
WRITEPRN(“fayl nomi”):=<o‘zgaruvchi nomi>

1-rasm tashqi ma'lumot bilan bog'lash

Masalan,
WRITEPRN(“DY”):=Y
Fayl nomini berishda uning kengaytma nomini berish shart emas.
Xuddi shunday, boshqa dasturda yaratilgan fayllardan ham, masalan, Excel ma’lumotlaridan Fortranga, Fortrandan Matcad ga o‘tkazish mumkin. Bu ishni teskarisiga ham bajarish mukin.
To‘g‘ri burchakli matritsani yoki vektorni alohida faylga yozib olish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajarish kerak:

  • Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo‘yish) tugmasini bosib, muloqot oynasini chiqarish.
  • Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruxsat) tanlanadi.
  • Keyin WRITEPRN funksiyasi tanlanadi.
  • Paydo bo‘lgan shablanga fayl nomi kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi va massiv nomi kiritiladi. Bunda massiv elementi qiymatlari berilgan nom bilan .prn kengaytmada faylga yozilib saqlanadi.

Biror bir faylda saqlanayotgan ma’lumotlarni Mathcadga o‘qib olish uchun READPRN buyrug‘idan foydalaniladi (rasm 1).
Masalan, biror bir massiv elementi qiymatlari faylda saqlanayotgan bo‘lsa, uni Mathcadga qayidagicha o‘qib olish:

  • Massiv nomini kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi.
  • Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo‘yish) tugmasini bosib, muloqot oynasi chiqariladi.
  • Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruxsat) tanlanadi.
  • Keyin READPRN funksiyasi tanlanadi.
  • Paydo bo‘lgan shablonga fayl nomi kiritiladi.

3227 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений