linkedin facebook linkedin facebook nod32

Delphida muloqot oynalarini yaratish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2015-02-13

Delphida muloqot oynalarini yaratish

Kiritish oynasi -InputBox funksiyasini chaqirish natijasida ekranga chiqariladi. Bu funksiya o‘zgaruvchilar qiymatlarini kiritishda Paskaldagi Read operatori vazifasini o‘taydi. InputBox funksiyasi qiymati - foydalanuvchi kiritgan qatordir. U umumiy holda quyidagi ko‘rinishga ega:
                        O‘zgaruvchi := InputBox(Sarlavha, Izoh, Qiymat);
Uning dialog oynasi ko‘rinishi quyidagicha:

Bu oyna dasturda quyidagicha berilgan:
s:=InputBox('Kilogramm-gramm','Og‘irlikni kilogrammda kiriting','0');

Misol. Aylana radiusi R beilgan. Aylana uzunligini L va uning ichki maydoni S ni topish ilovasini yarating.
      Bajarish: Formaga Label1 belgisi qo‘yilib, uning Caption xossasiga “Aylana uzunligi va ichki maydonini hisoblash” so‘zi o‘rnatiladi. Natijani Memo1 komponentasiga chiqarish uchun formaga o‘rnatiladi va forma ikki marta chertilib quyidagi dastur kiritiladi:

procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
 Var R,L,S: Real;
begin
 R:=StrToFloat(InputBox('Aylana','Aylana radiusini kiriting:','1'));
   L:=Pi*R;  S:=Pi*R*R; Memo1.Clear;
   Memo1.Lines.Add('Radius='+FloatToStr(R));
   Memo1.Lines.Add('Uzunlik='+FloatToStr(L));
   Memo1.Lines.Add('Maydon ='+FloatToStr(S));
end;

Ilova ishga tushganda quyidagi muloqot oynasi chiqadi:

Ma’lumot oynasini chiqarish

ShowMessage protsedurasi ekranga matnli hamda OK buyrq tugmasiga ega bo‘lgan ma’lumot oynasini chiqaradi. U quyidagi ko‘rinishga ega:
                           ShowMessage(Ma’lumot);
Rasmda ma’lumot oynasi ko‘rsatilgan:

Uning dasturda yozilishi quyidagicha:
ShowMessage('Ogirlikni kilogrammda kiriting');
MessageDig funksiyasi ma’lumotli oynaga standart belgilar, masalan "Vnimanie", buyruq tugmalari sonini va turini berishga, hamda foydalanuvchi qaysi tugmani bosganligini aniqlashga imkon beradi.
Tanlov:=MessageDlg(Ma’lumot,Tur,Tugmalar, KontekstSpravka);
Rasmda ma’lumot oynasi ko‘rsatilgan:

Uning dasturda yozilishi quyidagicha:
r:=MessageDlg('Fayl uchiriladi.', mtWarning, [mbOk,mbCancel],0);

  Tanlov: = MessageDlg (Ma’lumot, Tur, Tugmalar, KontekstSpravkalar);

Kontekst Spravkalar - foydalanuvchi <F1> tugmasini bosganda ekranda paydo bo‘luvchi spravka tizimining bo‘limidir.

2861 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений