linkedin facebook linkedin facebook nod32

Delphi da oddiy matn muharriri yaratish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-13

Delphi da oddiy matn muharriri yaratish

 1. YAngi ilova yaratamiz.
 2. Formaga matnlarni chiqarish uchun Standart komponentalar palitrasidan Memo komponentasini Memo1 nom bilan o‘rnatamiz.
 3. Forma yuqorisiga OpenDialog, SaveDialog va FontDialog koiponentalarini o‘rnatamiz. Bu komponentalarni vizual bo‘lmaganligi sabab, istalgan joyga o‘rnatsa bo‘ladi. CHunki dastur ishlashi vaqtida bu komponentalar ko‘rinmaydi.
  4. Formaning pastki qismiga Standart komponentalar palitrasidan Botton komponentasini uch marta Botton1, Botton2 va Botton3 nomlar bilan o‘rnatamiz.

5. Memo1 komponentasining Lines xossasiga kelib, uch nuqtali tugmachani bosamiz va muloqot oynasidan Memo1 so‘zini o‘chiramiz va Ok tugmasini bosamiz. (Bu degani ilovani ishga tushirganda muharrir oynasi bo‘sh chiqadi.)
6. OpenDialog komponentasi xossalarini o‘rnatamiz. Buning uchun Filter xossasiga kirib, uning uch nuqtali tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan Filter Editor muloqot darchasiga quyidagilarni kiritamiz va Ok tugmasini bosamiz.
            Filter Name qismiga
            Matnli fayllar(*.txt,*.doc)
           Barcha fayllar  (*.*)
            Filter qismiga
            *.txt; *.doc
            *.*

7. SaveDialog komponentasi xossalarini o‘rnatamiz. DefaultExt xossasi qiymatini .txt qilib tenglashtiramiz.
8. Botton1, Botton2 va Botton3 tugmachalar nomlarini ularning Caption xossasiga kirib, mos ravishda “Ochish”, “Saqlash” va “SHrift” nomlariga o‘zgartiramiz. 
9. Botton1 tugmasini ikki marta tez-tez bosib, dastur kodlarini kiritish darchasiga o‘tib quyidagi operatorlarni kiritamiz.
  
  Opendialog1.title:=’Faylni ochish’;
With Opendialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Lines.LoadFromFile(Filename)
    End;
  
   10. Botton2 tugmasini ikki marta tez-tez bosib, dastur kodlarini kiritish darchasiga o‘tib quyidagi operatorlarni kiritamiz.
  
  Savedialog1.title:=’Faylni saqlash’;
With Savedialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Lines.SaveToFile(Filename);
  End;

    11. Botton3 tugmasini ikki marta tez-tez bosib, dastur kodlarini kiritish darchasiga o‘tib quyidagi operatorlarni kiritamiz.

   With Fontdialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Font:=Font;
    End;

   12.Tuzilgan loyiha (proekt) ya’ni Project1 va Unit1 standart modul nomlarini mos nomlar bilan almashtirib saqlaymiz. 
   13.YAngi nom bilan saqlangan proekt, ya’ni ilova F9 tugmachasini bosish bilan ishga tushuriladi.  

           

Ilova ishga tushirilganda uning quyidagi ko‘rinishi ekranda namayon bo‘ladi

Tashkil qilingan modulning to‘liq ko‘rinishini keltiramiz.

unit Diol1;
interface
uses
  Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,
  Dialogs, StdCtrls, Menus;
type
  TForm1 = class(TForm)
    Button1: TButton;
    Button2: TButton;
    Button3: TButton;
    Memo1: TMemo;
    OpenDialog1: TOpenDialog;
    SaveDialog1: TSaveDialog;
    FontDialog1: TFontDialog;
    procedure Button1Click(Sender: TObject);
    procedure Button2Click(Sender: TObject);
    procedure Button3Click(Sender: TObject);
  private
    { Private declarations }
  public
    { Public declarations }
  end;

var
  Form1: TForm1;

implementation
{$R *.dfm}
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
 begin
   Opendialog1.title:=’Faylni ochish’;
With Opendialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Lines.LoadFromFile(Filename)
    End;
 end;

procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);
 begin
   Savedialog1.title:=’Faylni saqlash’;
With Savedialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Lines.SaveToFile(Filename);
    End;
 end;

procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject);
 begin
   With Fontdialog1 do
    Begin
     If not Execute then Exit;
      Memo1.Font:=Font;
    End;
 end;

end.

2781 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений