linkedin facebook linkedin facebook nod32

Delphida spravka tizimini yaratish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-18

Delphida spravka tizimini yaratish

         Spravka tizimi loyihasini yaratish. Tizimning spravka ma’lumotlari fayli (RTF-fayl) tuzilgandan keyin, spravka tizimini (HLP-fayl) tuzishga kirishish mumkin. Buning uchun Microsoft Help Workshop dasturidan foydalanish qulaydir. Bu dastur Delphi bilan birgalikda keladi va u Hcw.exe faylida joylashgan bo‘ladi.
Windows yoki Delphi dan Microsoft Help Workshop ni ishga tushirib Tools menyusidan Help Workshop buyrug‘ini tanlanaymiz. Agar Tools menyusida Help Workshop buyrug‘i yo‘q bo‘lsa, shu menyudan Tool Options muloqot oynasiga kirilib Add tugmasi bosiladi. Natijada Tool Properties muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasining Title maydoniga dastur nomini kiritish kerak - Help workshop. Program maydoniga esa (yo‘l ko‘rsatilib) ishlatiladigan dastur fayli nomi Microsoft Help Workshop kiritiladi

C:\Program Files\Borland\Delphi7\Help\Tools\HCW.exe.

Fayl nomini kiritish uchun Browse tugmasini ishlatish mumkin.

 

Tool Options muloqot oynasi

Tool Properties muloqot oynasi

Microsoft Help Workshop dasturi ishga tushirilgandan so‘ng dasturning bosh oynasi ekranda paydo bo‘ladi.
Spravka tizimini tuzishga kirishish uchun File menyusidan New buyrug‘ini tanlab, keyin esa ochilgan muloqot oynasida tuziladigan fayl tipi ko‘rsatiladi - Help Project. Bu harakatlarning natijasida Project File Name oynasi ochiladi. Bu oynada oldin dastur joylashgan papkani tanlash kerak va bu erda yana spravka tizimi hujjat fayli joylashgan bo‘lishi lozim (RTF-fayl). Keyin Imya fayla maydonida spravka tizimi loyihasi fayli nomini kiritish kerak. Soxranitь tugmasini bosish bilan spravka tizimi loyihasi oynasi ochiladi.

Spravka tizimi loyiha oynasini ishlatgan holda kerakli komponentalarni loyihaga qo‘shish, spravka tizimi oynasi xarakteristikalarini berish va yaratilgan spravka tizimini ishga tushirib tekshirib ko‘rish mumkin.

Spravka ma’lumotlarini loyiha fayliga qo‘shish
          (RTF-fayliga).
Spravka ma’lumotlarini loyiha fayliga qo‘shish uchun Files tugmasini bosish, keyin ochilgan Topic Files muloqot oynasidan Add tugmasini bosish kerak. Natijada ishlatishda kerakli RTF-faylini tanlab olish uchun Откыртие  fayla standart oynasi ochiladi. Bu harakatlar natijasida loyiha oynasida [FILES] bo‘limi paydo bo‘ladi. Unda spravka ma’lumotlari fayli nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar spravka ma’lumotlari bir necha fayllarga bo‘lingan bo‘lsa, u holda fayllarni qo‘shish operatsiyasini qaytarish kerak.

Spravka tizimi oynasi xarakteristikasi

         Spravka tizimi bosh oynasi xarakteristikasini berish uchun, loyiha oynasida Windows tugmasini bosish va ochilgan Create a window oynasida Create a window named maydoniga main so‘zini kiritish kerak. Bu erda OK tugmasini bosish natijasida Window Properties oynasi paydo bo‘ladi. Oynaning Title bar text nomli maydonining General vkladkasiga tuzilayotgan spravka tizimining bosh oynasi sarlovhasini kiritish kerak. Window Properties muloqot oynasining Position vkladkasini ishlatgan holda spravka tizimi oyna o‘lchami va holatini berish mumkin. Color vkladkasini ishlatgan holda (Nonscrolling area color) spravka bo‘limi sarlovhasi va spravka matni  sohasi (Topic area color) rangi fonini berish mumkin. Buning uchun mos Change tugmasini bosish vassvet standart oynasida kerakli rangni tanlash zarur.

Loyihani kompilyasiya qilish.
Loyiha fayli tayyor bo‘lgandan so‘ng loyiha oynasida joylashgan Save and Compile tugmasini bosib kompilyasiyani bajarish mumkin. Birinchi bor spravka tizimi loyihasini kompilyasiya qilishda File menyusining Compile buyrug‘idan foydalanish  ma’quldir. Natijada Compile a Help File muloqot  oynasi ochiladi va u erdan Automatically display Help file in WinHelp when done bayroqchasini o‘rnatish, keyin esa Compile tugmasini bosish kerak. Kompilyasiya oxirida ekranda oyna ochilib kompilyasiya natijasi haqida ma’lumot beriladi va kompilyator yordamida tuzilgan spravka tizimi fayli (HLP-fayl) loyiha fayli joylashgan papkaga joylashadi.

2679 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений