linkedin facebook linkedin facebook nod32

MathCad interfeysi

Muallif: Mengliyev Shoydullo

Qo`shilgan sana: 2014-03-26

MathCad interfeysi

Mathcad turli-tuman ilmiy va muxandislik hisoblashlarni bajaruvchi matematik redaktordir. Mathcad vositasida elementar arifmetik amallardan tortib murrakkab sonli metodlar realizastiyasini amalga oshirish mumkin. Sodda interfeysi, matematik hisoblashlarning ko`rgazmaliligi,keng standart funkstiyalar va sonli metodlar kutubxonasi mavjudligi, simvolli hisoblash xamda natijalarni turli shakllarda taqdim etish imkoniyatlari Mathcad dasturini eng ommaviy matematik dasturiy ta’minot darajasiga chiqishiga sabab bo`ldi. Mathcad tarkibiga bir-biri bilan integrallashgan bir necha kompanent kiradi. Bular:
• Matematik ifoda va matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash imkonini beruvchi matnli muxarrir;
• Standart sonli metodlardan foydalanib, kiritilgan formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaruvchi prostessor;
• Analitik hisoblarnibajarishga imkon beruvchi simvolli prostessor; • Interaktiv elektron kitob ko`rinishida matematik va muxandislik ma’lumotnomasi; Mathcad dasturi muhitida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:
- Mathcad formula redaktori yordamida matematik formulalar kiritish. Ushbu redactor imkoniyatlari Microsoft Word formula redaktoridan qolishmaydi;
- Kiritilgan formulalar bo`yicha matematik hisoblashlar birdaniga bajariladi;
- Turli tipdagi grafiklarni xujjatga joylashtirish;
- Turli formatdagi fayllarga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish;
- Xujjatlarni Mathcad da bosmaga chiqarish;
- Yaratilgan xujjatlarni elektron kitob ko`rinishida birlashtirish; Mathcad dasturi komponentlari turli-tuman matematik xisoblashlar uchun qulay muxit bo`lib, bir vaqtning o`zida bu xisoblashlar natijalarini xujjatlashtirish imkonini beradi.

Dasturni yuklash buyrug`idan keyin Mathcad dasturi oynasi ekranga chiqariladi. Uning ko`rinishi rasmda ifodalangan.

Quyida Mathcad dasturi asosiy menyusi bo`limlari keltirilgan.

  • Mathcad dasturi oynasi tizimi menyusini chiqaruvchi tugma.
  • File- fayl va xujjatlarni yaratish, saqlash, electron pochtadan jo`natish yoki printerda chop etish bilan bog`liq buyruqlar to`plami;
  • Edit- matnlarni tahrirlash uchun mo`ljallangan bo`yruqlar to`plami;
  • View- mathcad ishchi oynasida xujjatlarning tashqi ko`rinishini boshqaruvchi buyruqlar to`plami;
  • Insert- xujjatga turli ob’ektlarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi buyruqlar to`plami;
  • Format- matn, formula va grafiklarni formatlovchi buyruqlar to`plami;
  • Math- hisoblash jarayonini boshqaruvchi buyruqlar to`plami;
  • Symbolics- simvolli hisoblashlar bo`yruqlari to`plami;
  • Windows- turli xujjat oynalarini ekranda jaylashtirish buyruqlari to`plami;
  • Help- yordamchi axborotlarni chiqarish buyruqlari;

Asboblar paneli
Asboblar paneli ko`p ishlatiluvchi buyruqlarga tez murojat etish imkoniyatini beradi . Bu yerda “Standart asboblar paneli”, “matematik asboblar paneli” va “formatlash uskunalar paneli” niajratish mumkin.

27616 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений