linkedin facebook linkedin facebook nod32

Kompyuter tarmoqlari tarixi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-01-09

Kompyuter tarmoqlari tarixi

Dunyoda ko‘plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan ba’zilari bilan tanishamiz. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 1960 - yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Projects Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan eng eski KTlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced Research  Projects Agency Network) tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‘lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ maqomiga o‘zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil TARMOQ sifatida tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET – Military NET (xarbiy TARMOQ), CSNET – (Computer Science NETWORK) (kompyuter ilmi tarmog‘i), NSFNET – (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmog‘i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.
BITNET (1981) – Because it’s Time Network (bugungi kun tarmog‘i) KT Nьyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Evropa, AQSH qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‘lib, u alohida ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‘laydi. U OSI – (Open System Interconnection – ochiq xalqaro bog‘lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati – uzatilgan ma’lumotlar uchun haq to‘lanmaydi. Hukumat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning ko‘rsatadigan xizmat doirasi fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzoqdan turib ishlashini ta’minlashdan iborat.
CSNET (1981) (Computer Science Network – Kompyuter va fan tarmog‘i) a’zolik badallari va xizmat uchun to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomaii asosida ishlaydi.
EARN – Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan bevosita ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi, o‘z-o‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Evropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi mumkin.
INTERNET – International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va  TCP/IP qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-katta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.
Internetda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd Protocol) faylini uzatish,  SMTP  (Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta jo‘natish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash tizimi – DNS  (Domen Name Systems) ko‘llaniladi.
MSI Mail – savdo-sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham Internet bilan bog‘langan bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini ko‘rsatadi.
NSFNET – AQSHning milliy ilmiy fondi tarmog‘i, AQSHdagi minglab ilmiy – tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiradi. U Amerikadagi eng yirik superkompyuterga ulangan bo‘lib, murakkab masalalarni echishda undan foydalanish imkoniyatini beradi.
USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmog‘i. Universitetlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq xozirda AQSHning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Hatto undan foydalanuvchilar juda ko‘payib ketganligi tufayli, grafikning ancha qismini UUNET tarmog‘iga topshirgan. UUNET tarmog‘i asosan shu maqsad uchun ham yaratilgan.
UUNET – savdo–sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq bo‘lib, u USENET  yangiliklarini UNIXda boshlang‘ich matnlarni olishni va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tarmoqlararo interfeysga ega.

UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo‘lib, ma’lumotlar UUCP nomli dasturlar yordamida uzatiladi. UUCP – uzatish uchun qaydnoma, kommunikatsiya maqsadlari uchun fayllar to‘plami, kommunikatsion dasturlar uchun esa buyruqlar to‘plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va telekonferensiyalarda qatnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.

13812 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений