Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 197
Bugun: 4.3.2021
Soat: 8:25
Ko‘p satrli matni maydon TEXTAREA elementi
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-02-06
Ko‘p satrli matnli maydon. TEXTAREA elementi
Sintaksis: <textarea>…</textarea> (Matnli element)
Atributlar: id, class, style, title, lang, dir, hodisa
name = CDATA (Element nomi)
rows = son (Ko‘rinadigan satrlar soni)
cols = son (Ko‘rinadigan ustunlar soni)
readonly = readonly (Faqat o‘kish uchun)
disabled = disabled (Element taqiqlangan)
accesskey = simvol (Tez murojaat uchun tugma nomi)
tabindex = son (Tab tugmasi bilan borish uchun tartib raqami)
onfocus = ssenariya (Element fokuslanganda yuz beradi)
onblur = ssenariya (Element fokusi yo‘qolganda sodir bo‘ladi)
onselect = ssenariya (Matn elementi tanlanganda)
onchange =ssenariya (Element qiymati o‘zgarganda)
textarea yordamida biz formalarga ko‘p satrli matnlarni kirita olamiz. Forma serverga jo‘natilgandan name=value ko‘rinishida qiymatlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. value bu foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymat. rows va cols atributlar mos ravishda matn kiritiladigan oynaning satrlar va ustunlar sonini bildiradi. Agar kiritilgan matn oynaga sig‘masa brauzer avtomatik ravishda (prokrutka) yo‘lakcha hosil qiladi. Amaliyotda kiritiladigan matnning o‘lchami 32 kv yoki 64 kv dan oshmasligi kerak. SHart bo‘lmagan atribut readonly maydondagi matnni o‘zgartirishni taqiqlaydi. Disabled atributi esa elementni faol (aktiv) holatini o‘chiradi. Elementga tezda murojaat qilish uchun accesskey atributiga biror tugmaning unicode dagi simvolini berish kerak. tabindex yordamida esa Web sahifa bo‘ylab Tab tugmasi yordamida harakatlanganda nechanchi o‘rinda fokuslanish nomeri beriladi. Buning qiymati 0 dan 32767 gacha bo‘lgan butun sonlar bo‘lishi mumkin.
2530 marta o`qildi.
![]() |
![]() |