linkedin facebook linkedin facebook nod32

Document ob’ekti (window.document)

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

Document ob’ekti (window.document). Oynalarni yaratish.


Brauzerda yangi oynalarni yaratish – JavaScriptning juda katta imkoniyati. Siz yangi oynaga yangi dokumentlarni yuklashingiz (masalan, huddi o’sha HTML dokumentlarini) yoki (dinamik ravishda) yangi materiallarni yaratishingiz mumkin.  Avval yangi oynani qanday ochish mumkinligini, keyin esa bu oynaga qanday qilib HTML-sahifani yuklash mumkinligini va nihoyat, uni qanday qilib yopish mumkinligini ko’rib chiqamiz.
Quyida keltirilgan script brauzerning yangi oynasini ochadi va unga qandaydir web-sahifani yuklaydi:

<html>
<head>
<script language="JavaScript">
<!-- hide
function openWin() {
myWin= open("abc.html");
}
// -->
</script>
</head>
<body>
<form>
<input type="button" value="Yangi oynani ochish" onClick="openWin()">
</form>
</body>
</html>

Keltirilgan misolda yangi oynaga open() metodi yordamida abc.html sahifasi yoziladi.
Shunki ko’rishingiz mumkinki, siz oyna yaratish protsessining o’zi ustidan nazorat o’rnata olasiz. Masalan, siz yangi oyna status satri, instrumentlar paneli yoki menyuga ega bo’lishi kerakligini ko’rsata olasiz. Bundan tashqari siz oynaning o’chamini ham bera olasiz. Masalan, keyingi skriptda 400x300 piksel o’lchamli oyna ochiladi. U status satriga ham, instrumentlar paneliga ham, menyuga ham ega bo’lmaydi.

<html>
<head>
<script language="JavaScript">
<!-- hide
function openWin2() {
myWin= open("abc.html", "displayWindow",
"width=400,height=300,status=no,toolbar=no,menubar=no");
}
// -->
</script>
</head>
<body>
<form>
<input type="button" value="Yangi oynani ochish " onClick="openWin2()">
</form>
</body>
</html>

Ko’rib turganingizdek, oynaning hossalarini quyidagi satrda hosil qilamiz
"width=400,height=300,status=no,toolbar=no,menubar=no".
Yana shu narsaga e’tibor beringki, siz bu satrda bo’sh o’rin simvollarini joylashtirishingiz kerak emas.
Siz boshqara olishingiz mumkin bo’gan oyna hossalarining ro’yhati:  

directories

yes|no

height

Piksellar soni

location

yes|no

menubar

yes|no

resizable

yes|no

scrollbars

yes|no

status

yes|no

toolbar

yes|no

width

Piksellar soni

JavaScript tilining 1.2 versiyasida bir nechta yangi hossalar qo’shildi (yani Netscape Navigator 4.0 da). Siz bu hossalardan Netscape 2.x, 3.x yoki Microsoft Internet Explorer 3.x lar uchun materiallar tayorlashda foydalanmasligingiz kerak, chunki bu brauzerlar 1.2 JavaScript tilini tushinmaydi. Oynalarning yangi hossalari:

alwaysLowered

yes|no

alwaysRaised

yes|no

dependent

yes|no

hotkeys

yes|no

innerWidth

Piksellar soni (width ning o’rniga)

innerHeight

Piksellar soni (height ning o’rniga)

outerWidth

Piksellar soni

outerHeight

Piksellar soni

screenX

Piksellar soni

screenY

Piksellar soni

titlebar

yes|no

z-lock

yes|no

 

 

Siz bu hossalarning ma’nolarini JavaScript 1.2 tilining bayonidan topishingiz mumkin. Bundan keyin ulardan ayrimlariga tushintirishlar va ishlatishga misollar keltiramiz.
Masalan, endi bu yangi hossalardan foydalangan holda yangi oyna ekrannning qaysi yerida joylashish kerakligini aniqlashingiz mumkin. JavaScript tilining eski versiyasida siz buni amalga oshira olmas edingiz.
Oynaning nomi.  Ko’rib turganingizdek, oyna ochish vaqtida biz uchta argumentdan foydalanishimiz kerak:
myWin= open("abc.html", "displayWindow",
"width=400,height=300,status=no,toolbar=no,menubar=no");
Ikkinchi argument nima uchun kerak? Bu oynaning nomi. Oldinroq biz uni target parametrida qanday ishlatilganini ko’rib o’tdik. Shunday qilib agar siz oynaning nomini bilsangiz, u holda unda quyidagi yozuv yordamida yangi sahifani yuklashingiz mumkin
<a href="abc.html" target="displayWindow">
Bunda siz mos oynaning nomini ko’rsatishingiz kerak (agar bunday nomdagi oyna mavjud bo’lmasa, shu nomdagi yangi oyna yaratiladi).
E’tibor beringki, myWin – bu yangi oyna nomi emas. Lekin shu o’zgaruvchi yordamidagina siz oynaga kirishingiz mumkin. Va u oddiy o’zgaruvchi bo’lganligidan uning qo’llanish sohasi u aniqlangan skript holos.  Shu bilan birga oyna nomi (berilgan holatda u displayWindow) – bu brauzerning istalgan oynasida foydalanish mumkin bo’lgan o’ziga hos identifikator.
Oynalarni yopish.  Siz yana JavaScript tili yordamida oynalarni yopishingiz ham mumkin. Buni amalga oshirish uchun sizga close() metodi kerak bo’ladi. Keling, oldinroq ko’rganimiz kabi yangi oyna ochamiz. Va unga navbatdagi sahifani yuklaymiz:

<html>
<script language="JavaScript">
<!-- hide
function closeIt() {
close();
}
// -->
</script>
<center>
<form>
<input type=button value="Yopish" onClick="closeIt()">
</form>
</center>
</html>

Endi agar siz yangi oynadagi tugmachani bossangiz, u yopiladi. open() va close() –bu window ob’ektining metodlaridir. Biz shuni yodda tutishimiz kerakki, oddiygina qilib open() va close() shaklida emas, balki window.open() va window.close() ko’rinishida yozish kerak. Ammo bizning holatda window ob’ektini tushirib qoldirishimiz mumkin -  siz agar bu o’bektning metodlaridan birini chaqirmoqchi bo’lsangiz (va u faqatgina shu ob’ekt uchungina mumkin), u holda siz window prefiksini yozishingiz shart emas.

2076 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений