Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 197
Bugun: 4.3.2021
Soat: 11:37
Informatika fanidan elektron darslik yordamida o`quvchilar bilimni mustahkamlash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-05-15
Informatika fanidan elektron darslik yordamida o`quvchilar bilimni mustahkamlash
Ma’lumki, ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi.
Elektron darslik – bu davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida bo‘limlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi reja, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami, turli sxemalar, atlaslar, tajriba ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar, testlar, annimatsiyalar (xarakatlar) ma’lumotnomalar bo‘lishi mumkin.
Rasmiy asnoda olib boriladigan Elektron darslik bo‘yicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim. Elektron darslik mazmuni esa u taqdim etiladigan dasturiy muhitga nisbatan neytral bo‘lib, materialni joylashtirish, bayon qilish, muayyan konsepsiyalarga tayanish o‘quv adabiyotining muallifi ixtiyorida bo‘ladi.
Informatika mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim tizimida taxsil olayotgan talabalarni Elektron darslik yordamida o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda. Elektron darslik mos tizim bo‘yicha strukturaviy va tashkiliy-me’yoriy ishlanmalar haqida bayon qilinadi.
Mustaqil ishlari uchun har bir talabaga o‘qituvchilari tomonidan alohida variantlar ishlab chiqiladi. Bu mustaqil ishlarini bajarib topshirish cheklangan muddati o`qituvchining shaxsiy rejasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Topshiriladigan mustaqil ishlarini o‘z vaqtida tekshirtirilishi maqsadga muvofiq, chunki bunday holatda nazorat ishlariga qo‘shimchalar kiritish va to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘z vaqtida olingan mustaqil ishlari o`quvchining faoliyatidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘qituvchi baho tizimini qo‘llashlari ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O`quvchi mustaqil ishni bajarish jarayonida savollar tug‘ilsa yoki masalaning yechimini topishda qiyinchiliklarga uchrasa, u holda talaba bevosita Informatika o`qituvchiga yozma, og‘zaki, telefon orqali, elektron pochta yordamida maslahatlar olishi mumkin.
Talaba eng avvalo informatika fani bo‘yicha nazariy materiallar bilan tanishib chiqadi, so‘ngra keltirilgan testlardan iborat vazifalarni bajarishga harakat qiladi. Agar bu harakat muvoffaqiyatli yakunlansa, ya’ni o`quvchi nazariy materiallarni yana bir karra takrorlagach, belgilangan topshiriqni ijobiy hal eta olsa, uning uchun informatika fani bo‘yicha navbatdagi nazariy materialga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday harakatlar davomida o`quvchining bevosita o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalardan ijodiy foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
9853 marta o`qildi.
![]() |
![]() |