linkedin facebook linkedin facebook nod32

Inglizcha o`yin boshi Bisgayyer va Karpov XX Olimpiada Skople 1972

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-03

Inglizcha o`yin boshi Bisgayyer va Karpov XX Olimpiada Skople 1972 

1. c2-c4  c7-c5    
2. Kb1-c3 g7-g6     
3. Kg1-f3  Cf8-g7     
4. e2-e3   . . . 

Oqlar 4. g3 bilan bog’liq simmetrik sistemalardan bosh tortmoqda; ular tanlagan yo’l debyutda jiddiy afzalliklar olishga asos bermaydi.

4. . . .   Kg8-f6

Yurishlar tartibi muhim. 4.  . . .  Kc6 5. d4 bo’lganda, qoralar 5. . . cd 6. ed  d5 javobini berishga ulgura olmasdi.

5. d2-d4  0-0     
6. Cf1-e2  c5 : d4   
7. e3 : d4 d7-d5 

Ko’pincha bo’lganidek, o’ziga debyut transformatsiyasi yuz berdi – inglischa o’yin boshidan Gryunfeld himoyasining variantlardan biri vujudga keldi.

8. 0-0 Kb8-c6 
9. h2-h3 Cc8-f5?!

Bu ko’proq qo’llaniladigan 9. . . Ce6 dan ko’ra balki yaxshiroqdir. d5 punkiti hozircha yaxshi mustahkamlangan va fil aktiv pozitsiyaga chiqarilmoqda. Bu qoralar bir necha yurishdan keyin aniq rejani belgilash imkonini beradi.

10. Cc1-e3     d5 : c4  
11. Ce2 : c4   La8-c8  
12. Cc4-e2     Cf5-e6 

Endi bu yurish maqsadga muvofiq, chunki muhim d5 punkti ustidan nazorat kuchayadi va ayni vaqtda oq farzinni b3 dagi aktiv pozitsiyasiga yo’l qo’ymaydi  ( 12. . . .  Fa5  13.  Le1 Lfd8 dan so’ng shunday bo’lishi mumkin edi ).  Yakkalangan piyodali o’ziga xos pozitsiyalarda unga qarshi kurashuvchi tomonning asosiy vazifasi piyodaning oldidagi xonani mustahkam egallab olishdan iboratdir. Bu asosiy qonunni deb bir oz yon berishga ham to’g’ri keladi. Chunonchi, hozir qoralar 13.  Kg5  Cd5 dan keyin o’zining oq filini oqlarning otiga berishga tayyor.

13.  Fd1-d2     . . .

Mana endi esa ,

13.   . . .       Fd8-a5

Umuman olganda, bunday pozitsiyalarda burchakdan chiqarilgan filni almashtirish maqbul emas,lekin men bunga qarshilik ko’rsatmadim , chunki bu yerda yakkalangan d4 piyodasi bilan astoydil shug’ullanib bo’lmaydi.  13.  . . Ka5 Markazdagi oq xonalarni egallash borasida noqulay urinish bo’lardi. Bu holda oqlar bir juft yengil sipoxini almashtirishga  (odatda yakkalangan piyodali tomon bundan qochishga intiladi ) ju’rat eta oladi- 14. Ke5 Kc4 15. C : c4 C : c4 16. K : c4 L : c4 17. d5 va oqlar erkin o’yinga ega bo’ladi, yoki murakabroq 14. b3 keyin Ke5 qilishni tanlash ham mumki.

14. Ce3-h6    Lf8-d8  
15. Ch6 : g7  Kpg8 : g7      
16. Lf1-  d1    Ld8-d6!

Ayni mudao, chunki  16. . . Ld7 bo’lsa , ba’zi variantlarda Cb5 ochmasi noxushdir.  Taxtada qora fillarning yo’qligi rux bilan d6 xonasini egallash imkonini beradi. Bordi-yu, 17. . .Kb5 bo’lsa, unda endi 17.  .  .  Ld7, chunki oq ot b5 punkitini o’z filidan tortib olib qo’ydi.

17. Fd2-e3    Lc8-d8 
18. a2-a3       . . .

Hozircha qilingan yurishlar asosan nazariy qiziqish o’yg`otmoqda. Mana endi esa, men o’ ylaymanki, kitobxonaga huzur bag’ishlovchi keskin taktivaviy o’ yin boshlanadi.

18.  . . .  Ce6-b3 
19. Ld1-d2  . . . 

19. Kb5  yaramaydi, chunki 19.  . . C : d1 20. K : d6 C : e2 21. K : b7  Fb6 22. K : d8 C :f3-c6  dagi ot saqlanib  qoladi.

19.  . . .  Ld6-e6

Oq farzinni  taqib qilishning boshlanishi.

20. Fe3-f4 Kf6-e5
21. Kc3:d5 Ld8 :d5
22. g2-g4 . . .   

Orqlar  22.  . . Lf5 keyin L:f3 va F: d2 dan himoyalanmoqda.  22. Cd3 bo’ lganda, qoralar  22.  . .Lf6  23. Fe3  L:f3 24. gf  K:d4 yo`li bilan ustunlikka  ega bo’ lardi: endi 25. . .F:d2 va 26. . .K:f3+ xafli jiddiy. 25. Ce4 esa kuchli zarba-25. . .F : d2 26. C:d5  C:d5! 27. Fe5+(27. F:d2  K:f3+) 27. . .Kph6 bilan rad etiladi.

22.  . . . g6-g5!          

Qo’ ralar o’ z rejasini davom ettirib, farzini vaqtincha o` yindan chiqarmoqda. Oqlarning  babrcha tashvishlari ustiga ularning e2 dagi fili va d2 dagi ruxi "omonat" holda turibdiki, bu pozitsiyada taktik momentlar borligiga asos beradi.

23. Ff4-g3  Le6-f6
24. Ce2-d1 . . .

24. Ld3 dan keyin oqlar piyoda yutqizardi-24. . .Cc4 25. Le3 C:e2 26. L:e2  L:f3! 27. F :f3 K:d4 va K:e2+.

24.  . . .      Cb3-c4

24.  . . L:f3 ga 25. F:f3  F:d2 26. C:b3 bular va nogoh f7 punkitining zaifligi bilinib qolardi.

25. b2-b3 Cc4-a6 

Otni olish istagi bor edi, albatta: 25. . .L:f3 26. C:f3 F:d2. Lekin unda  oqlar raqibiga partiyani ajoyib tarzida yakunlash-27. . Fc3 28. bc L:d4 29. L:d4  K:d4 30. Fe5+Kph6! imkoniyatini beruvchi ko’ rinib turgan 27. Ld1 oraliq yurishi o’ rniga, darhol xafli filni yo`qotadi: 27. bc L:d4 28. C:c6 bc 29. Fe5+ va during bo’ladi.

26. b3-b4  Fa5-d8

26. . .K:b4 yaxshiroq emasmikin?  Judayam unchalik emas. Bu holda oqlar ajoyib taktikaviy imkoniyatlarga ega bo’ldi: 27. Cb3 Ldd6 28. Fe5 Kc6 (28. . . F : e5? 29. de L:d2 30. ef+) 29. Fe3 (29.  F: g5+yomon-29. . .F:g5 30. K:g5 K:d4) 29. . .h6 (29. . .L:f3 yaramaydi-30. F:f3 F:d2 31. F:f7+) va piyoda evaziga ular o’z kuchlarini  jipislashtirib oladi.

27. Cd1-b3 . . .

Xuddi amerikalik  grossmoyster  yutayotganda o`xshaydi. Aslida esa, qoralarning ixtiyoriy kuchli taktikaviy zarba mavjud.

27.  . . .  Kc6:d4!
28.  Ld2 :d4 . . .

Bisgayer bir piyodasiz indishpil-28. C:d5 K:f3+ 29. C:f3 F:d2 30. Ld1 Fc3 da uzoq qiynalib yutqazishini xohlamaydi va qat'iy olg`a tashlaydi.

28.  . . .  Ld5 :d4 
29. Kf3:g5 Ld4-d3
30. Fg3-h4 h7-h6
31. Kg5:f7 Fd8-d4
32. La1-e1 Ld3:h3!

Oqlar taslim bo’ldi.

1868 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений