linkedin facebook linkedin facebook nod32

Farzin gambit Karpov va Korchnoy Matchining 9-partiyasi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-15

Farzin gambit Karpov  va Korchnoy  Matchining   9-partiyasi

1. c2 ------- c4         e7 ------ e6
2. Kb1 ----- c3         d7 ------ d5
3. d2 ----- d4          Cf8 ------ e7
4. Kg1----- f3          Kg8 ------ f6
5. Cc1 ----- g5        h7 ------ h6
6. Cg5 ----- h4        0 ------ 0
7. La1 ----- c1        d5   :  c4

Jahon chempioni partiyaga yangi yo’nalish berish imkoniyatini topmoqda(adolat yuzasida aytish kerakki, buimkoniyat uyda topilgan edi), hozir o’yin qabul qilingan farzin gambitiga xos pozitsialarga keladi. Albatta, oqlar 8. e4 o’ynab , ulardan qochishi mumkin edi, biroq tasodifga(qiziq , vujudga kelgan vaziyat haqida
“Shaxmat debyutlari ensiklopediasi “ da hech narsa deyilmagan) duch kelib qolgan toj talabgorlari ko’proq sinovdan o’tgan yo’lni tanlaydi.

8. e2 ----- e3             c7 ------ c5
9. Cf1   :   c4            c5    :    d4
10. e3    :    d4               . . .

Match davomida birinchi marta yakka-langan piyodali pozitsiya vujudga keldi. Birinchi qarashda oqlar  vaqtdan yutganga o’xshaydi . Fil bir yurishdayoq c4 ga chiqib oldi, a1 dagi rux o’yinga kirdi. Lekin qoralar mavqeyda zayifliklar yo’q. Oqlarning qora fili chamasi judayam  “o’ynoqlab” ketgani ham kam ahamiyat kasb etmaydi . Uning h4 dagi vaziyati qoralarga bunday pozitsiyalarga xos aperatsiyani amalga oshirish imkonini beradi.

10.        . . .                    Kb8 ------ c6
11.      0 ----- 0               Kf6 ------ h5

Hamma gap shunda . Bunday vaziyatda qora fillarni almashtirish , odatda, qoralarga foydali. Oqlar bu spoxni endi h6 da qurbon qila olmaydi, e7 xonasi esa d5 punktini nazorat qilish uchun qora otlarga kerak bo’lib qoladi.

12.     Ch4   :    e7                   .  .  .

12.     Cg3   :    g3    13.  hg  Cf6 bo’lganda , qoralarda hech qanday qiynchilik bo’lmasligi muqarrar.

12.            .   .   .                     Kc6  :  e7
13.       Cc4 ----- b3                     .   .   .

Shu payitda oqlar 13 , d5 o’ynab , yakkalangan d4 piyodasi tashvishlaridan qutilsa bo’lardi, shundandan keyin butunlay tenglashgan pozitsiya yuzaga kelardi. Biroq bu nazariy baxsda  o’z mag’lubiyatini tan olishini bildirardi. Korchnoy tashabbus uchun kurashni davom ettirishga ahd qiladi, lekin buni ishonchsiz ravishda amalga oshiradi. Ma’lumki , yakkalangan piyodaning yaxshi tomonlari ko’pincha oqlarning asosiy maqsadlari shoxga xujum qilish bilan bog’liq murakkab, ko’p sipoxlar qatnashadigan o’yinda namoyon bo’ladi. Oqlar o’yinni aniq qay tarzda davom ettirishi kerak edi ?  Buni aytish qiyin , lekin har qalay ularning oxirgi “ betaraf ” yurishi bekorga vaqt ketkizishdan boshqa narsa emasligi bilinadi. Qoralar qiynalmay sipoxlar rivojini tugallashga ulguradi.

13.           .  .  .                      Kh5 ----- h6
14.     Kf3 ----- e5                   Cc8 ----- d7

Bunday manevrni Em. Lasker ham qo’llagan . Qoralar b7 dagi piyodaning c6 ga o’tib qolishidan sirayam tortinmayabdi.

15.      Fd1 ----- e2                  La8 ----- c8
16.      Kc3 ----- e4                       .    .    .

Aftidan, oqlar endi hujum qilishga kechikkanini anglagan Korchnoy ustunlik uchun kurashishdan voz kechishga qaror qilgan ko’rinadi. Lekin agar oqlar ustunlik uchun kurashni tugatgan bo’lsa , qoralar uni endigina boshlayapdi. Har bir almashuvdan so’ng d4 piyodasi brogan sari o’zining  yolg’izligini ko’proq seza boshlaydi.

16.        .   .   .                    Kf6   :   e4
17.      Fe2   :   e4              Cd7 ----- e6
18.      Ke5   :   c6              Lc8   :   c6
19.      Lc1 ----- c3                   .  .  .

19.     L  :   c6   bel  oqlarga also ma’qul tushmagani ravshan.  Raqibi qanchalik ojizlik bilan harakat qilayotgan bo’lsa , jahon chempioni butun partiyani shunchalik izchillik bilan davom ettirmoqda . Hoziroq qoralarning pazitsiyasi afzalroq , ammo biron-birreal narsa bo’lishga hali ancha uzoq.

19.        .   .   .           Fd8 ----- d6
20.     g2 ----- g3              .   .   .

Hamonki oqlar “darcha” ochmoqchi ekan , 20 . h3 aniqroq edi. F3 xonasining zaiflashishi keyinchalik qoralarga taktikaviy operatsiyalar uchun imkoniyat yaratadi.

20.              .   .   .              Lf8 ----- d8
21.        Lf1 ----- d1          Lc6 ----- b6!

Juda nafis yurish ! Kezi kelganda bu rux b4 ga bostirib kelishga shay . Bundan tashqari hozir b3 dagi fil b2 piyodasini himoyalash bilan juda band . Oqlarning pozitsiyasi istiqbolsiz, binobarin , ulrning navbatdagi ko’rimsiz yurishi ham buni tkidlamoqda .

22.        Fe ----- e1          Fd6 ----- d7!

Chamasi , qoralarning barcha sipoxlari d4 piyodasini qurshovga olishga tayyor . Tan olishim kerakki , bu partiyani sharhlash ham oson , ham qiyin .Osonligi shundaki , qoralarning o’yini juda mantiqli , ishonarli , tushunarli ko’rinadi. Anatoliy Karpovning ajayib muvaffaqiyatlarning sabablaridan biri ham xuddi ana shu yuzaki soddalikdadir .
Qoralar biron-bir aytarli narsa qilganda o’xshamaydi , biroq ko’pni ko’rgan rsqibini osongina qiynab qo’ygani taqsinga sazovordir . Umumiy mulohazalar yuzasidan oxirgi yurishni qilar ekan , Karpov yo’l-yo’lakay quyudagi qizziq variantni ko’rib chiqqan . “c” liniyasida o’yin olish maqsadida 23.    Le5   o’ynalsa,    23 .  .  .    Ld6   24.   Ldc1   Kc6    25.   Ca4   K   :  d4!
(mana o’sha   f3  xonasining zaifligi)   
26.  C   :   d7     Kf3  +   27.  Kpf1   K:e1  va 28. C:e6 yo’q, chunki   28 .   .  . Kd3.

23.    Le3 ----- d3          Lh6 ----- d6
24.    Fe1 ----- e4                .    .    .

Bu oldingi qat’iyatsiz o’yinni (22.  Le1)  tan  olishdir . O’ylaymabki , buyerda 24.   d5 yordamida tugunni kesib tashlashga urinib ko’rish nisbatan yaxshiroq imkoniyat edi.  24 .    .    .    ed 25.   Le5    dan keyin ham ,   24  .   .    .  K   :   d5  dan so’ng ham oqlar najot topishga umid bog’lasa bo’ladi.

24.      .    .    .                  Fd7 ----- c6
25.     Fe4 ----- f4                   .    .    .

25.        F   :   c6       K   :   c6   dan so’ng piyoda ketishi aniq edi. Lekin hozir ham, nazarimda , oxirgi amaliy imkoniyat ----- 25.   d5  ga  vaqt bor edi.

25.           .    .    .                   Ke7 ----- d5
26.         Ff4 ----- d2              Fc6 -----b6 

Qayta saflanish tugadi . Oqlar d5  dagi  otga endi toqat qilib tura olmaydi , chunki
27 .  .  .   Kb4  (27.   a3   Ke7)  xavfi tug’ilmoqda .  Vujudga keluvchi sipoxli endshpil, chamasi , xatto toj talabgori Boshdan kechayotgan galdagi steythotni hisobga olmagan ham Oqlar uchun yutqiziqlidir. 

27. Cb3:d5     Ld6 :d5
28.  Ld3-b3  .  .  .

Balki, ruxli andshpilda biron-bir najot izlash uchun d4 piyodasining bahridan o’tishga urinib ko’rish yaxshiroq amaliy imkoniyat bo’lardi. Qorchnoy moddiy muvozanatnisaqlab qolishga intilmoqda ,binobarin, to halokat yuz bergunga qadar u bunga erishishini tan olish kerak.

28.    . . .              Fb6-c6
29.   Fd2-c3       Fc6-d7

Birinchi galda 30.    . . .e5 xavfi tug’ildi . bu yurishga halaqit berishga urinish shox flangining uzil-kesil zaiflashishiga olib keladi.
Agar oxirgi o’n yurish davomida ko’pchilik o’yin karpovning (daslab ozgina ,keyin katta nihoyat hal qiluvchi ) ustunligi bilan kechiktiriladi,deb o’ylagan bo’lsa, hozir oralarida ko’pgina sovet turistlari bo’lgan tomashabinlar zalga shoshilishdi. Lekin erishilgan ustunlikdan tez va samarali foydalanish  uchun qoralardan  ham zo’r  aniqlik , ham zo’r kuch talab qilinadi.

30.  f2-f4      b7-b6

31.   L:d4  tahlikasi oq ruhni juda noqulay pozitsiyani  egalashga majbur etadi.

31.   Lb3 –b4   b6-b5 

Hozir 32.   . . a5  havfi  tug’uldi. Orqalarda birdan-bir himoya chorasi bor xolos.

32.   a2-a4     b5:a4

Gap ortiq piyoda emas,qor5alar uni darhol qaytarib beradi.  Har bir vertical ochilishi   bilan qora ruhlarning  harakat doirasi  kengayib boradi: farzin bilan birgalikda ular raqib shohi qarorgohiga kirib boradi .

33.  Fc3- a3      a7-a5
34.    Lb4: a4      Fd7 –b5

Juda  nohush 35.  . .Fe2 tahlikasi paydo bo’ldi .
35. b3 oqlar uchun nisbatan  yaxshi himoya bo’lib ,undan keying 35.     . .  Fe2 (36.Fc1 tufayli) unchalik ishonarli emas, deb hisoblangan. 35. b3 ga jahon chenpioni  yutuqli endshpilga olib keluvchi 35.  .  . Lb8 ni rejalashtirgan ekan.

35. Ld1- d2     e6- e5

Endi esa yakkalashgan piyoda muammosi ikkinchi darajali ish bo’lib qolmoqda . bunday o’ynar ekan, Karpov o’zining 37-yurishini ko’rgan edi,albatta.

36.   f4:e5         Ld5 :e5
37.   Fa3 –a1      .  .  .

   

37.      .  .   .         Fb5-e8!!

Bostirib kirish boshlanmoqda. Hozircha  farzin zarbda.

38.    d4 : e5        Ld8 –d2
39.    La4 :a5          .  .  . 

Bu yerda boshqa nimani ham tavsiya qilib bo’lardi.

39.      .   .   .       Fe8-c6
40.      LA5-A8+Kpg8-h7
42.      Fb1-f1      .  .  .

Bu motdan qutilishning yagona chorasidir. Biroq  qoralar unchalik murakkab bo’lmagam majburiy manevr bilan farzinni yutadi.

42.   .  .  .                   Fc6c5+
43.    Kpg1-h1       Fc5-d5+.

Oqlar taslim bo’ladi.

2627 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений