linkedin facebook linkedin facebook nod32

SQL tili va ma’lumotlar tiplari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-18

SQL tili va ma’lumotlar tiplari

Ma’lumotlar tiplari.
SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar tiplari ishlatilib, ularning formatlari xar xil MBBT lar uchun farq qilishi  mumkin:


INTEGER

- butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

SMALLINT

- "qisqa butun" (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

DECIMAL(p,q)

- o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).

FLOAT

- xaqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

CHAR(n)

- uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).

VARCHAR(n)

- uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va xar xil MBBT larda xar xil lekin 4096 dan kam emas).

DATE

- maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana ( Subase da ko‘zda tutilgan bo‘yicha yy/mm/dd); sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi- o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan xaqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

TIME

-maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

DATETIME

- sana va vaqt kombinatsiyasi. (Sybase da TIMESTAMP ).

MONEY

-maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul. Format o‘z ichiga  pul birligi simvoli ($, rub, ...) va uning joylashuvi (suffiks yoki prefiks), kasr qism aniqligi va pul qiymatini ko‘rsatish shartlarini oladi.

CREATE
Bu buyruq SQL  ob’ektining bir necha turlarini, shu bilan birga sxemalarni, domenlarni, jadvallar va tasavvurlarni yaratishi mumkin.  CREATE SCHEMA  (sxemani tuzish) operatori bilan sxemani tuzish, uning egasini aniqlash mumkin. Misol qilib bir operator ko‘rinishini ko‘rsatib o‘tamiz:
CREATE SCHEMA SALES
AUTHORIZATION SALES_MGR
DEFAULT CHARACTER SET ASCII_FULL ;
CREATE DOMAIN  (domen tuzish) operatori yordamida ustunda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga cheklashlar qo‘yiladi. Bu cheklashlar orqali domenda mavjud bo‘lishi mumkin va mumkin bo‘lmagan ob’ektlar belgilanadi. Sxema o‘rnatilgandn keyin domenni tuzish mumkin. Misol:
CREATE DOMAIN AGE AS INTEGER
CHECK  (AGE > 20)  ;
Jadvallar CREATE TABLE operatori yordamida, tasavvur esa CREATE VIEW  yordamida tuziladi. CREATE TABLE yordamida tuzilayotgan yangi jadval  o‘sha operatorning ustunida kerakli bo‘lgan cheklashlar ham qo‘yish mumkin. Ba’zi paytlrada cheklashlarni butun sxemaga ham qo‘yish to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda CREATE ASSERTION operator yordamida  amalga oshiriladi. Bundan tshqari yana CREATE CHARACTER SET, CREATE COLLATION va CREATE TRANSLATION  operatorlari mavjud.

6703 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений