linkedin facebook linkedin facebook nod32

Bu bo`limda monografiya kitob va o`quv qo`llanmalarni yuklab olib foydalanishingiz mumkin

PYTHON dasturlash tili

Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”(dasturiy ta’minot) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “PYTHON dasturlash tili” fanini o‘qitishga mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “PYTHON dasturlash tili”, “PHP dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda qo‘llanmadan PYTHON tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PYTHON dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PYTHON tilidagi dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PYTHON tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.

The widespread use of information and communication technologies in the Republic of Uzbekistan requires the training of highly qualified programmers. Prepared for this purpose, this tutorial is intended for students in educational areas of education 5330220 - "Informatics and Information Technologies" (software) on the subject "PYTHON programming language ", and this tutorial is a useful source for students in the areas of education 5130200 - "Applied mathematics and computer science ", 5110700 -" Methods of teaching computer science "and specialty 5A130202 -" Applied mathematics and information technology "in the subjects "PYTHON programming language"," PHP programming language "," Programming languages "," Programming basics "and" Algorithmic languages high level". Also, this tutorial will be useful for researchers from different industries who do not have programming skills. The tutorial popularly describes the PYTHON programming language, which is widely used throughout the world. The manual contains useful tips, numerous examples and tasks with codes for them in PYTHON. Also, the manual will become a useful source for researchers using PYTHON in their field and for those who independently study this programming language.

Широкое применение информационно – коммуникационных технологий в Республике Узбекистан требует подготовки высококвалифицированных программистов. Подготовленное с этой целью данное учебное пособие предназначено для студентов образовательных направлений образования 5330220 – «Информатика и информационные технологии»(программное обеспечение) по проведенаю предмета «Язык программирования PYTHON», а также данное учебное пособие является полезным источником для студентов по направлениям образование 5130200 – «Прикладная математика и информатика», 5110700 – «Методика обучения информатике» и специальности 5А130202 – «Прикладная математика и информационные технологии» по предметам «Язык программирования PYTHON», «Язык программирования PHP», «Языки программирования», «Основы программирования» и «Алгоритмические языка высокого уровня». Также данное учебное пособие будет полезным для исследователей разных отраслей не имеющих навыков программирования. В учебном пособие популярно изложен язык программирования PYTHON, который широко применяется во всём мире. В пособии даны полезные советы, многочисленные примеры и задачи с кодами для них на языке PYTHON. Также пособие станет полезным источником для исследователей использующих в сфере своей деятельности язык PYTHON и для самостоятельно изучающих данный язык программирования.

PYTHON dasturlash tili yuklab olish (6.72 Mbayt)

PHP7 dasturlash tili

Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”(dasturiy ta’minot) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Veb dasturlash” fanini o‘qitishga mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Veb dizayn”, “PHP veb dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda qo‘llanmadan PHP7 tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PHP7 dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PHP7 tilidagi dasturlari keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PHP7 tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.

O`quv qo`llanmani yuklab olish (10.6 Mbayt)


SIQILMAYDIGAN YOPISHQOQ SUYUQLIK HARAKATINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Monografiyada tutash muhitlar mexanikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siqilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini matematik modellashtirish bilan bog‘liq masalalar qaraladi, to‘g‘ri kanallar, bosim gradientining turli qiymatlarida chegaraviy qatlamda va quvurlardagi suyuqliklar oqimi tadqiq etiladi.
Oqimlarni xarakterlovchi matematik model sifatida Nave-Stoks tenglamalari tizimi qaralgan, kichik qo‘zg‘alishlar usuli yordamida ushbu Tizimdan gidrodinamik turg`unlikni tavsiflovchi matematik model – Orr-Zommerfeld tenglamasi uchun xos qiymat muammosi qo‘yilgan. Differensial xos qiymat muammosini yechish uchun o‘ta samarali va yuqori aniqlikka ega bo`lgan spektral-to‘r usuli tadbiq etilgan, muammoni yechish algoritmi ishlab chiqilgan, umumlashgan algebraik xos qiymat muammosi hosil qilingan. Muammoni xarakterlovchi parametrlarning keng ko‘lamli qiymatlarida olingan hisoblash eksperimenti natijalari keltirilgan.
Monografiya amaliy matematika va informatika sohasida tadqiqotlar olib borayotgan katta ilmiy xodim izlanuvchilar, tayanch doktorantlar, magistrantlar, bakalavriat talabalari va faoliyati matematik modellashtirish bilan bog‘liq turli soha mutaxassislariga mo‘ljallangan.

Kitobni yuklab olish (1.81 Mbayt)

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
������� ���������