linkedin facebook linkedin facebook nod32

Mathcad matematik paketi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-25

Mathcad matematik paketi

Mathcad paketi hisobchi-muxandislar uchun mo`ljallangan. Matematik mutaxassislari uchun boshqa sistemalar, masalan, Mathlab sistemasi mavjud bo`lib u murakkab masalalarni dasturlach uchun mo`ljallangan. Bu dastur PSE ( problem solution en virorment- masalalar yechish uchun dasturli muhit) deb ataluvchi ifodalar sinfiga kiradi. Uning ishlashi tadqiqotchi nazari tushmaydigan ichki algoritm ishi bilan bog`liq.
Mathcad paketi injenerning amaliyotida har kuni uchraydigan ko`p vaqt talab qiluvchi masalalarni oson hal etishga imkon beruvchi kuchli mikrokalkulyator kabi ishlaydi. Bunga doimiy va o`zgaruvchi parametrli algebraik va differensial tenglamani yechish, funksiyani tekshirish, ekstremumni izlash, analitik va sonli differensiallash va integrallash kabilarni misol keltirish mumkin.
Shu kabi sistemalar orasida Mathcadning afzallik tomonlari quyidagilar:

  • masalalarni dasturlash yengil va ko`rgazmali
  • matematik ifodalar injenerlar qog`ozda yozgani kabi kiritiladi
  • foydalanish uchun qulay
  • ichki vositalar yordamida yuqori sifatli jadvallar, grafiklar va matnlar bilan taminlangan texnik hisobotlar yaratish imkoniyati.

Umuman, uning yordamida turli-tuman matematik masalalarni yechish va natijalarni yuqori saviyada olish mumkin. Mathcaddan foydalanmaydigan zamonaviy matematikni tasavvur etish qiyin. Ushbu paket yordamida nafaqat soda va yordamchi hisoblashlarni, balki, yetarlicha murakkab hisob-kitoblar va ilmiy tadqiqotlar amalgam oshirish mumkin.
Mathcad butun dunyoga tanilgan. Undan 5mln.dan ortiq kishi foydalanadi. Har yili uning yangi versiyalari chiqariladi. Oxirgi paytlarda programmalarning takomillashishi kosmetik harakter kasb etadi. Interfeys yaxshilanadi, alohida funksiyalarning imkoniyatlari kengaytiriladi, internetda ishlash vositalari takomillashtiriladi.
Murakkab hisob-kitoblar FORTRAN, Paskal tillaridagiga qaraganda ancha sodda, tushunarli va bir necha barobar tez bajariladi.
Paket haqidagi barcha ma’lumotlarni internetdagi http://www.mathcad.com saytidan, Mathcadning Rossiyadagi distribyuteri sayti (“Soflayn” kompaniyasi) http://www.mathcad.ru dan olish mumkin.
2. Mathcadning foydalanuvchilari bular – talabalar, olimlar, injenerlar, turli texnik mutaxassislar va umuman matematik hisob-kitoblar bilan shug`ullanuvchiga foydalanish qulayligi, matematik amallarning ko`rgazmaliligi, sonli metodlarning va ichki funksiyalar kutubxonasining boyligi, natijalarni ifodalashda kuchli apparatga ega ekanligi kabi imkoniyatlari Mathcadning eng ommaviy matematik ilovaga aylanishiga sabab bo`ldi.
Mathcad tarkibiga bir qancha integrallashgan komponentlar kiradi:

  • kuchli matn redaktori matn va matematik ifodalarni kiritish, tahrirlash va formatlashga imkon beradi
  • ichki sonli metodlardan foydalangan holda kiritilgan formulalar bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hisoblash protsessori
  • sun’iy intellekt tizimiga kiruvchi, analitik hisob-kitoblarni o`tkazish imkonini beruvchi simvolli protsessor
  • interaktiv elektron kitob ko`rinishda tashkil etilgan matematik va muxandislik bo`yicha ma’lumotlar saqlanuvchi katta kutubxonaga ega.

Boshqa matematik ilovalardan muhim farqi u “nimani ko`rsang, shuni olasan” (WYSIWY6) prinsipida ishlashi. Shuning uchun u foydalanish uchun juda qulay. Unda oldin dastur tuzish, keyin natija olish uchun uni bajarishga berish zarur emas. Buning o`rniga ichki formulalar redaktori yordamida matematik ifodani umumqabul qilingan ko`rinishda kiritiladi va shu zahoti natija olinadi. Bundan tashqari hujjatni printerda chop etish yoki uni elektron kitob tarkibiga qo`shish mumkin. Mathcadni ishlab chiqaruvchilar dasturlash bo`yicha mazsus bilimga ega bo`lmagan foydalanuvchiga zamonaviy hisoblash fanlari va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan to`liq foydalana olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratdilar.
3. Mathcad ishga tushgach uning asosiy oynasi ochiladi. Uning tuzilishi Windowsning boshqa ilovalari kabi yuqoridan pastga qarab oyna sarlavhasi, menyu satri, uskunalar paneli, ish varag`I va eng pastda holatlar satri joylashgan. Oddiy matn redaktorlari bilan birga yana matematik belgilarni kiritish va tahrirlash uchun mo`ljallangan Math nomli uskunalar paneli joylashgan. U va unga o`xshash qator yordamchi panellar vositasida tenglamalarni qulay kiritish imkoni mavjud.
Mathcad interfeysini tashkil etuvchi elementlar:
-menyu satri
-uskunalar panellari Standard (standart), Formatting (formatlash), Resources (resurslar) va Controls (boshqarish elementlari)
-Math uskunalar paneli va uning yordamida ishga tushishi mumkin bo`lgan qisqacha matematik uskunalar paneli
-ishchi soha
-holatlar satri
-kontekst menyu
-muloqot oynalari
-Marhcadning qisqacha ma’lumotlari va ichki namunalaridan iborat resurslar oynasi
Ko`plab buyruqlarni menyu yordamida ham, uskunalar paneli yordamida ham bajarish mumkin.
Uskunalar paneli tez-tez ishlatiladi, buyruqlarni bajarisahni tezlashtiradi.
Asosiy panellarga quyidagilar kiradi:

  • Standard –fayllar ustida boshqarish, tahrirlash, ob’yektlarni qo`yish, ma’lumotnomadan foydalanish kabi ko`plab amallarni bajaradi
  • Formatting –matnlar va formulalarni formatlaydi
  • Math –matematik belgilar va operatorlarni qo`yadi
  • Resources –Mathcad resurslarini tez chaqirish (namunalar, darsliklar, elektron kitoblar va h.k)
  • Controls –hujjatlarga foydalanuvchi interfeysidagi standart boshqarish elementlarini qo`yish (tekshirish bayroqlari, kiritish maydonlari)

Math paneli yordamida ekranga yana 9 ta panelni chiqarish mumkin
Ulardan birini chaqirish uchun Math panelidan mos tugmani bosish yetarli.
Matematik panellarning vazifalari:

  • Calculator(kalkulyator) –asosiy matematik amallarni qo`yish uchun hizmat qiladi. Oddiy kalkulyator tugmalari kabi joylashgani uchun shunday nomlangan.
  • Graph(grafik) –grafiklar joylashtirish.
  • Matrix(matritsa) –matritsa va matritsa uchun operatorlarni qo`yish.
  • Evaluation(ifoda) –boshqarish va hisoblash operatorlarini qo`yish.
  • Calculus(hisoblash) –integrallash va differensiallash, qo`shish operatorlarini qo`yish.
  • Boolean(bul operatorlari) –mantiqiy operatorlarni qo`yish.
  • Programming(programmalash) –Mathcad vositalari bilan programmalash.
  • Greek(grek simvollari) –grek simvollarini qo`yish.
  • Symbolic(simvolika) –simvolli operatorlarni qo`yish.

Matematik panelning ko`plab tugmalariga sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda suzib chiquvchi yordam paydo bo`ladi, unda qaynoq tugmalar ham ko`rsatiladi. Istalgan panelni Вид (View) menyusining Toolbars (uskunalar paneli) punkti yordamida chaqirish yoki yashirish mumkin.
4. Formula bo`yicha sodda hisoblashlarni bajarish uchun quyidagini amalga oshirining:
1.ifoda yoziladigan joyni aniqlang va shu joyga sichqonchani bosing.
2.ifodaning chap qismini kiriting.
3.= belgisini yoki belgili tenglik > belgisini kiriting.
1-holda ifodaning sonli qiymati, 2-holda analitik qiymati (agar mumkin bo`lsa) hisoblanadi. Masalan, arccos(0) ni hisoblash uchun klaviaturadan arccos(o)= yoki arccos(o)> yozuvini kiritish yetarli, o`ng tomonda natija paydo bo`ladi. arccos(o)=1.571 arccos(o)>pi/2
hisoblashlar o`sha zahoti amalga oshiriladi. Murakkab va uzun hisoblarda uni Esc tugmasi orqali to`xtatib turgan foydali, kerak bo`lganda esa F9 orqali hisoblashni bajarish mumkin.

Matematik ifodalar va ichki funksiyalar.
Ichki funksiyalarning ko`plari bir nechta argumentga ega, ularning parametrlari va nomlarini esda saqlash qiyin. Shuning uchun quyidagicha ish yuritish ma’qul:
Ifodalardagi ichki funksiyalarni kiritish uchun: 1) ifodaga funksiyani qo`yish kerak bo`lgan joyni aniqlash. 2) f(x) yozuvli tugmani bosish.3) function category (funksiya kategoriyasi) ro`yxati paydo bo`ladi, insert function (funksiyani qo`yish) muloqot oynasidan kerakli funksiya kategoriyasini tanlang. 4) function name (funksiya nomi) ro`yxatidan ichki funksiyaning nomini tanlang. 5) ok tugmasini bosing. 7)yetishmayotgan argumentlarni kiriting va natijani olish uchun = yoki > belgisini kiriting.
Ko`pgina matematik ifodalarni Calculator paneli yordamida kiritish mumkin.

 

12393 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений