linkedin facebook linkedin facebook nod32

Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash usullari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-27

Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash usullari

Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashda o‘qitishning mazmunini takomillashtiruvchi shakl va metodlarni izlab topish masalasi muhim o‘rin tutadi.

Pedogog xodimlarning asosiy maqsadlaridan biri har bir talabaga rejalashtirilgan o‘quv-materiallarini etkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini oshirishga erishishdan iborat. SHu bois ma’ruza darslariga mavzularni tushintirishning murakkab emasligi va qabul qilishning osonligi kabi xususiyatlar xos bo‘lishi lozim. Ma’ruza darslarida mavzular bo‘yicha o‘quv materiallariga tegishli hamma savollarni qamrab olingan va ular juda sinchkovlik bilan tanlangan bo‘lishi kerak.
Har bir fan o‘qitilishi uchun, odatda belgilangan maqsadga ko‘ra, uning mazmuni tanlanadi. Uning o‘zlashtirish uchun mos metodlar, o‘quv vositalari va nihoyat bularga mos o‘qitish shakli tanlanadi.
Ta’limda uzliksizlikni ta’minlash, metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog‘liq.
O‘qituchi-talabalarning psixologik tayyorgarliklari, fikirlash darajalariga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmunini bayon qilish mantiqi va metodlari mavjud.

o‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishda taqdim etish;

1. Diferensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilish;

2. O‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lash;

3. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tuzatib borish;

4. O‘rgatilayotgan fanlarni namoish etish va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatish;

5. Fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

6. Talabalarni mustaqil ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;

7. Masofadan o‘qitish tizimining o‘quv adabiyotlari sifatida qo‘llash;

8. Ta’lim tizimida o‘quv-laboratoriya ishlarini bajarishda tejamkorlikka erishish kabi imkoniyatlar yaratadi.

Masofaviy ta’lim kurslarini tuzishda multimedia vositalaridan va gipermatn texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Giperizoxdan  foydalanish kurs strukturasining nochizikli bulishiga, tinglovchining butun kurs teksti bo‘yicha mustaqil o‘rganish strategiyasi buyicha xarakat qilish imkonini beradi. Gipermatn- materialning turli kismlari orasidagi izohlar bilan ta’minlangan interaktiv uquv materialini  yaratish  imkoniyatidir. Gipermatn imkoniyati o‘qituvchi uchun materialni katta sondagi  fragmentlarga  ajratish imkonini berib, ularni  giperizoh bo‘yicha biror mantiqiy zanjirga tizishga imkon beradi. Bu erda keyingi qadam-bir material buyicha xar bir o‘quvchi uchun, ularning bilim darajasiga qarab xususiy ukuv qo‘llanmasi yaratish bo‘lishi mumkin. Giperizohlar tashqi axborot manbalariga murojaat qilishga imkon berib,  kursni Internet tarmog‘ining bir qismiga aylantiradi.
Shunga  qaramay, o‘quv protsessida saytdan foydalanishning amaliy  tajribasi  shuni kursatadiki, bu struktura ko‘pgina imkoniyatlarga egadir. Internetdagi ulkan axborot xajmi, umumiy strukturaning borligi, Internetda axborot qidirishni osonlashtiradi.  Keraksiz, tasodifiy  axborotga ovora bo‘lib qolishdan. Ko‘p mamlakatlarning og‘ir xaetiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘z xoliga quyilgan talaba, tezda keraksiz axborotlarga murojaat qila boshlaydi.
O‘quv  sifati  bu texnologiyalardan foydalanadigan metodga bog‘lik.  Internetning boshqa xizmatlaridan ta’limda foydalanishdi. Elektron pochta, Internet-konferensiyalar va o‘quv forumlari- o‘quv materialini muxokoma qilish va talabalarga  o‘zaro  yordam uchun  ajoyib vositalardir. Ko‘pgina Amerika oliy o‘quv yurtlari  o‘qituvchilari Internet-muloqotni quyidagi metod bilan jonlantiradilar: ular oldindan 10-12 ballni tinglovchi munozaraga ishtirok etgani uchun olishini e’lon qiladilar. E’tiborni kuchaytirish uchun o‘kituvchi odatda o‘zining shaxsiy savolini beradi, lekin o‘quvchilarga ham  savol tashlash  imkonini beradi. Xar kanday texnik yangilik kabi, xar-bir Internet-servislar, o‘quv jarayoniga optimal qo‘llanilish  imkoniyatiga egadir. Lekin bunga xam chegara bor. Extimol Web-kurslarni yaratishdagi asosiy qarorlardan biri-bu chegara bo‘lib, uning qanday darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri kursni to‘ldirish yoki o‘rnini bosish darajasidir. Asosiy vositalardan yana biri multimediadir.
Multimedia- programma vositalari va apparatlari kompleksi bo‘lib, turli muhitdan foydalangan holda kompyuter bilan muloqotdir.  Multimedia o‘rganilayotgan hodisani illyustratsiyalashning boy imkoniyatidir. Agar ilgari  orzuning chegarasi oq-qora film bo‘lgan bo‘lsa,  xozirda zamonaviy texnik vositalar kompyuter animatsiyalari ko‘rinishida ko‘prok e’tiborni tortadigan o‘quv qo‘llanmasi yaratishga imkon beradi. Multimedia vositalaridan foydalanish tovush, animatsiya, multimedia, rang, grafikdan aktiv foydalanish imkoniyatini beradi.
Gipermatn bilan ishlashda  talaba o‘quv protsessida yanada aktivrok pozitsiyani egallaydi, u o‘tilgan material bo‘yicha xulosalar qilishi  mumkin va o‘zi gipermatn bo‘yicha uzluksizlikni tanlashi kerak. Ta’lim talabalarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Multimedia vositalaridan va satxlardagi gipermatndan foydalanish quyidagilarga imkon beradi:
1. O‘quv materialini tasavvur kilishni yaxshilaydi.
2. Keng miqyosli muxokamani tashkil etish.
3. Qulay interfeysni ta’minlash.
Masofaviy ta’lim kurslarida muhokamani tashkil etish uchun Web-konferensiya va Chat-tizimidan foydalaniladi. Talabalarni o‘quv materiali bilan ta’minlash va ularning asosiy vazifani bajarishi yoki  Internet tarmog‘iga  testlarni joylashtirish  va hech qanday pedagogik strategiyasiz talabalarning o‘qishga  ishonishi etarli. Masofaviy ta’lim kurslarini yaratishda masofadan o‘qiyotgan talabaning izolyasiyada ekanligini  xisobga olish kerak. Materiallar zarur tushuntirishlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, tinglovchiga xayrihoh ruhda yozilgan bo‘lishi va unga yoqishi kerak. O‘quv jarayonidagi butun qiyinchiliklar avtorlar tomonidan oldindan qurilgan bo‘lishi kerak.
Masofaviy ta’lim kurslarini yaratishda Internet texnologiyalar xususiyatini xisobga olish kerak. Web-saxifalarni katta miqdordagi rasmlar bilan yuklash kerak emas. Grafik elementlar bilan to‘ldirilgan, katta miqdordagi saxifalar, yuklash uchun ko‘p vaqt talab qiladi. Aloqa uzilib qolganda foydalanuvchi Web-sahifalarni yana yuklashi kerak bo‘ladi. Katta mikdordagi betlarni   yuklashni bir necha betlarga ajratish va ularni giperizoxlarga birlashtirish tavsiya kilinadi.
JavaScript dasturlash texnologiyalari, shuningdek animatsion, mulьtimedia dasturlari Macromedia Flash MX, Macromedia Dreamweaver MX, MS Liquid Montion, UleadGifAnimator. SnagIt video ma’lumotlar bilan ishlovchi dastur. Sayt yaratish uchun html, css, php , MySQL imkoniyatidan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi.

4164 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений